52-§. Sutemizuvchilarning ko'payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Ko'payishi. Ko'pchilik sutemizuvchilarning tuxum hujayralari juda kichik, sariqligi kam bo'ladi. Tuxum hujayralari tuxumdonda yetiladi; u yerdan tuxum yo'liga tushib, urug'lanadi. Odatda sutemizuvchilar embrioni xaltaga o'xshash maxsus organ - bachadon ichida rivojlanadi. Urug'langan tuxum hujayra tuxum yo'lida rivojlana boshlaydi. Embrion bachadonga tushgach, uning devoriga yopishib oladi. Tuban sutemizuvchilarning bachadoni bo'lmaydi; ularning urug'langan tuxumi tashqi muhitda rivojlanadi. Rivojlanishi. Bachadonda rivojlanayotgan embrion homila deyiladi. Homila yo'l dosh orqali bachadon devori bilan bog'langan. Bachadon qon tomirlari kindik orqali yo'ldoshga keladigan qon tomirlariga zich tegib turadi. Oziq moddalar va kislorod yo'ldosh orqali ona qonidan homila qoniga o'tadi; moddalar al mashinuvi ning keraksiz mah sulotlari homila qo nidan ona qoniga chiqarib yuboriladi. Homilaning ona qornida rivojlanish davri homiladorlik deyiladi. Homi ladorlik bir necha haftadan bir yilgacha, ba'zan undan ham ko'proq davom etadi. Homiladorlik muddati va homila soni hayvonlar ning yashash tarziga bog'liq. Daraxt lar kovagi, in va boshqa pana joylarda bolalaydigan hayvon larning homi ladorlik davri qisqa bo'lib, ular o'ndan ortiq ko'zi yumuq bola tug'adi. Ochiq joy larda bolalaydigan, harakatchan hayvonlarda homiladorlik davri uzoq davom etadi; ular yirik, ancha rivojlangan 1-2 ta bola tug'adi; bolalari bir necha soatdan so'ng onasi orqasidan ergashadigan bo'ladi. Sichqonlar yiliga 5-8 marta, shoxli mollar bir marta bolalaydi. Bolalarni sut bilan boqish. Sutemizuvchilar bolasini sut bilan boqadi. Sut urg'ochi hayvonning ko'krak yoki qorin qismida joylashgan sut bezlarida hosil bo'ladi. Bezlar yo'li so'rg'ichlar uchi ga ochiladi. So'rg'ichlar soni hayvonlarning serpushtligiga bog'liq. Masalan, 3-8 tadan bola tug'adigan itlarning 8 ta, 1-4 tadan ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.51 MB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.51 MB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx