7-sinf Zoologiya 'Soxta oyoqlilar sinfi' ko'rgazma

7-sinf Zoologiya 'Soxta oyoqlilar sinfi' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya 'Soxta oyoqlilar sinfi' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

3-§. Soxta oyoqlilar sinfi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Soxta oyoqlilar - eng sodda tuzilgan bir hujayralilar. Oddiy amyoba ularning tipik vakili hisoblandi. Yashash muhiti va tuzilishi. Amyoba to'kilgan barglar va xascho'plar bilan ifloslangan ko'lmak suvlar tubida hayot kechiradi. Tanasining kattaligi 0,2-0,5 mm, shaffof bo'ladi. Amyoba hujayrasining shakli doimo o'zgarib turadi. Boshqa hujayralar singari amyoba tanasi ham quyuq dildiroq modda, ya'ni sitoplazmadan iborat. Sitoplazmada bitta yadro va hujayra organoidlari joylashgan. Hujayra membranasi sitoplazmani tashqi muhitdan ajratib turadi. Harakatlanishi. Amyoba hujayrasi sirtida qalin qattiq qobiq bo'lmaganligidan sitoplazmasi qaysi tomonga oqib o'tsa, tana sining o'sha tomoni bo'rtib chiqib, «soxta oyoqlar» deb ataladigan muvaqqat o'simtalar hosil qiladi. Amyobaning harakatini bir tomchi suvning oqishiga o'xshatish mumkin. Soxta oyoqlar to'xtovsiz hosil bo'lib va yo'qolib turganidan amyobaning tana shakli ham o'zgarib turadi. Oziqlanishi. Amyoba bakteriyalar, mayda suv o'tlari va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi. Harakatlanayotgan amyoba oziqqa duch kelganida bir necha soxta oyoqlar hosil qiladi. Soxta oyoqlar oziqni qamrab olib, uni sitoplazmaga o'tkazadi. Sitoplazmadan hazm shirasi ajralishi bilan oziq atrofida kichik pufakcha - hazm qilish vakuolasi paydo bo'ladi. Hazm shirasi ta'sirida vakuoladagi oziq moddalar hazm bo'ladi. Oziqning hazm bo'lmagan qismi sitoplazmadan tashqariga chiqarib yuboriladi. Nafas olishi. Amyoba suvda erigankislorod bilan nafas oladi. Uning sitoplazmasiga kislorod suv bilan birga to'xtovsiz o'tib turadi. Kislorod yordamida sitoplazmadagi oziq moddalar parchalanib, amyoba hayoti uchun zarur bo'lgan energiya hamda zararli moddalar almashinuvi mahsulotlari hosil bo'ladi. Sitoplazmadagi suvning ortiqcha qismi zararli moddalar almashi nuvi mahsulotlari bilan birga qisqaruvchi vakuola bo'shlig'iga o'tadi. Vakuola qisqarganida uning ichidagi suyuqlik hujayradan chiqarib yuboriladi. Ana shu tariqa amyoba ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.5 MB
Ko'rishlar soni 225 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.5 MB
Ko'rishlar soni 225 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga