6-§. Gidroid poliplar sinfi: chuchuk suv gidrasi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Tashqi tuzilishi. Gidra tiniq suvli tinch oqadigan yoki oqmaydigan chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Uni akvariumlarda ham uchratish mumkin. Tanasining uzunligi 5-7 mm, silindrsimon shaklda. Tanasining ostki tomoni tovon deb ataladi. Tovonning qarama-qarshi tomonida paypaslagichlar bilan o'ralgan og'iz teshigi bor. Gidra tovoni bilan suvdagi narsalarga yopishib oladi. Suv tubidagi narsalarga yopishib olib hayot kechiradigan bo'shliqichlilar polið deb ataladi. Tana simmetriyasi. Simmetriya - tana qismlarini bitta o'q atrofida o'zaro mutanosib joylashuvidan iborat. Gidraning tovonidan og'iz teshigi tomonga bitta xayoliy chiziq o'tkazilsa, uning tanasini shu chiziqdan paypaslagichlarga ketuvchi nurlar bo'ylab bir necha teng bo'laklarga bo'lish mumkin. Hayvonlar tanasini bitta o'q chiziqdan chiquvchi nurlar bo'ylab o'zaro mos keladigan teng qismlardan iborat bo'lishi radial, yani nurli simmetriya deyiladi. Tana devori hujayralari. Gidra tanasi devori ikki qavat bo'ylab joylashgan hujayralardan tashkil topgan. Tashqi - ektoderma va ichki - endoderma qavatlari yupqa parda bilan ajralgan. Tana devori keng ichki tana bo'shlig'ini o'rab turadi. Bu bo'shliq ichak vazifasini ham bajaradi. Tashqi qavat, asosan, terimuskul hujayralaridan iborat. Bu hujayralarning tana devoriga botib kirib kengaygan tomonida muskul tolalari bo'ladi. Muskullarning qisqarishi tufayli gidra umbaloq oshib yoki odimlab harakatlanadi. Ektoderma hujayralari orasida otuvchi hujayralar ham bo'ladi. Bunday hujayralar ayniqsa, paypaslagichlarda juda ko'p. Otuvchi hujayraning mayda sezuvchi tukchasi va otuvchi kapsulasi bo'ladi. Kapsulada naysimon ingichka otiluvchi tola joylashgan. Hayvonlar (dafniya, siklop, baliq chavoqlari) otuvchi hujayra tukchasiga tegib ketsa, kapsuladagi tola otilib chiqib, ular terisiga sanchiladi. Kapsuladan oqib keladigan zaharli suyuqlik hayvon tanasiga o'tib, uni falajlaydi. Ta'sirlanishi va refleks hosil ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.47 MB
Ko'rishlar soni
262 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.47 MB
Ko'rishlar soni
262 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx