29-§. Tashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Yashash muhiti va tashqi ko'rinishi. Zog'ora baliq O'rta Osiyoning tog' daryolaridan boshqa barcha suv havzalarida hayot kechiradi. Uni ko'l, hovuz va sholiðoyalarning iliq suvida, tinch oqadigan daryolar o'zanida uchratish mumkin. Zog'ora baliq ning kattaligi 1 m gacha, og'irligi 8-16 kg gacha boradi. Zog'ora va boshqa ko'pchilik baliqlar tanasi suyri shaklida; ikki yon tomondan yassilashgan; bosh va dum qismlari ingichkaroq bo'ladi. Baliqlarning boshi tanasiga harakatsiz qo'shilib ketgan. Siz suvning havoga nisbatan zich muhit ekanligini va uning harakat lanayotgan jismga ko'proq qarshilik ko'rsatishini bilasiz. Shuning uchun baliqlar tanasining suyri shakli va tuzilishi suvning qar shiligini yengib, tez harakatlanishga imkon beradi. Suzgichlari. Zog'ora baliq tanasini o'ngga va chapga biroz bukib, so'z gichlari yordamida oldinga qarab suzadi. Baliqning toq (orqa, dum, anal) va juft (ko'krak, qorin) suzgichlari mavjud. Dum suzgichi ikkiga ajralgan. Anal suzgichlari dumining ostida joylashgan. Suzgichlari yupqa teri pardadan va uni tutib turadigan suzgich yoylardan iborat. Oldingi tomonga suzishda dum suzgichlari katta ahamiyatga ega. Baliqlarning juft suzgichlari tanasini muvozanatga solib turish va harakatlanganida burilishiga yoki to'xtashiga, shuningdek, oldinga qarab asta-sekin suzishiga yordam beradi. Terisi. Terisi tangachalar bilan qoplangan. Tangachalarning oldingi qirrasi teriga botib kiradi, keyingi qirrasi o'zidan keyingi tangacha chetiga yopishib turadi. Tangachalar baliq tanasini tashqi ta'sirdan himoya qiladi, lekin uning suzishiga xalaqit bermaydi. Baliq o'sgan sayin tangachalar ham yiriklasha boradi. Tangachalardagi halqalar soniga qarab baliqning yoshini aniqlash mumkin. Tangachalar sirtidagi teri bezlari ajratib chiqar adigan yupqa shilliq parda baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytirib, harakatini osonlashtiradi. Baliqlar tanasi rangi atrof-muhit rangiga ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, pdf
Fayl hajmi
2.56 MB
Ko'rishlar soni
249 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx, pdf
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, pdf
Fayl hajmi
2.56 MB
Ko'rishlar soni
249 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx, pdf