42-§. Ko'k kaptarning skeleti va muskullari 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Skeleti. Ko'k kaptar va boshqa qushlarning skeleti bosh, umurtqa pog'onasi, qanot, oyoq hamda yelka va chanoq kamarlari skeletidan iborat (83-rasm). Skeletning tuzilishi qushlarning uchishga moslashganligini aks ettiradi. Naysimon suyaklarning bo'shlig'ida havo bo'lganligi tufayli juda yengil bo'ladi. Bir qancha suyaklar qo'shilib o'sganligi tufayli qushlar skeleti sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan ancha pishiq va mustahkam bo'ladi. Bosh skeleti yumaloq bosh qutisi, yirik ko'z kosasi, yuqori va pastki jag'lardan iborat. Jag'lar muguz bilan qoplangan tumshuqqa aylangan; tishlar bo'lmaydi. Bosh skeletida faqat pastki jag' harakatchan bo'ladi. Umurtqa pog'onasining bo'yin bo'limi uzun bo'lib, o'zaro harakatchan birikkan umurtqalardan tashkil topgan. Qush boshini orqaga 180° ga burishi, tanasini qimirlatmasdan va egmasdan atrofidagi oziqni cho'qilashi mumkin. Ko'krak umurtqalari o'zaro harakatsiz birikkan. Bel, dumg'aza va dum umurtqalari o'zaro birikib, yagona dumg'aza suyagini hosil qiladi. Dum suyagi qushlarning dumidagi burilish patlari uchun tayanch bo'ladi. Umurtqa pog'onasining ko'krak bo'limi qovurg'alar va to'sh suyagi bilan birga ko'krak qafasini hosil qiladi. To'sh suyagining pastki tomoni kengayib, qa yiqqa o'xshash ko'krak toj suyagini hosil qiladi. Bu suyakka qanotlarni harakatga keltiradigan muskullar birikadi. Qovurg'alarning bir uchi ko'krak umurtqalari, ikkinchi uchi to'sh suyagi bilan harakatchan qo'shilgan. Qanotlar kamari ko'krak tirgak, kurak va o'mrov suyaklaridan iborat. O'mrov suyaklarining pastki uchi tutashib, ayrini hosil qiladi. Qanot skeleti bitta yelka, ikkita bilak (tirsak va bilak) va bir necha panja suyaklaridan tashkil topgan. Qushlarning qanotida faqat uchta barmoq bo'ladi, bu bilan ular suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarning besh bar moq li oldingi oyoqlaridan farq qiladi. Qanotidagi mayda panja suyaklar ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.3 MB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.3 MB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx