7-sinf Zoologiya 'Infuzoriyalar va sporalilar sinflari' ko'rgazma

7-sinf Zoologiya 'Infuzoriyalar va sporalilar sinflari' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya 'Infuzoriyalar va sporalilar sinflari' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

5-§. Infuzoriyalar va sporalilar sinflari 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Infuzoriyalar sinfi. Infuzoriyalarning tanasi kiðriklar bilan qoplangan, katta va kichik yadrosi bo'ladi. Hazm qilish va ayirish organoidlari boshqa bir hujayralilarga nisbatan murakkab tuzilgan. Infuzoriyalar bi rinchi marta pichan ivitmasida topilgan. «Infuzoriya» so'zi ham lotin tilida «pichan ivitmasi hayvonlari» ma'nosini anglatadi. Infuzoriyalarni tufelka misolida o'rganamiz. Yashash muhiti, tuzilishi va harakatlanishi. Tufelka o'simlik qoldiqlari ko'p bo'lgan suv havzalarida uchraydi. Uning uzunligi 0,1-0,3 mm bo'lib, tanasining shakli poyabzalning ostki qismiga o'xshab ketadi. Shuning uchun bu hayvon tufelka deb ataladi. Tanasining sirti juda ko'p kiðriklar bilan qoplangan. Kiðrikchalarning tebranishi tufayli tufelka to'mtoq tomoni bilan oldinga suzadi. Oziqlanishi. Tufelka bakteriyalar bilan oziqlanadi. Tanasining yon tomonida uzun tarnovsimon chuqurchasi, uning tubida «og'iz» teshigi bor. Og'iz halqumga ochiladi. Chuqurcha atrofida joylashgan kiðriklar tebranishi natijasida oziq halqum tubida to'planib, hazm vakuolasini hosil qiladi. Vakuola halqumdan uzilib sitoplazmaga tushadi. Vakuolalar sitoplazma oqimi bilan tufelka tanasini aylanib, oziqni hazm qiladi. Hazm bo'lmagan oziq qoldiqlari tananing keyingi tomonidagi teshikcha orqali suvga chiqarib yuboriladi. Nafas olishi va ayirishi. Tufelkaning ikkita qisqaruvchi vakuolasi oldingi va keyingi tomonida joylashgan. Ular galma-galdan qisqarib turadi. Suvning ortiqcha qismi hamda moddalar almashinuvida hosil bo'lgan keraksiz mahsulotlar sitoplazmadan vakuolalarga to'planadi va ulardan tashqariga chiqarib yuboriladi. Kislorod tufelka sitoplazmasiga suv bilan birga kirib turadi. Ko'payishi. Tufelkaning sitoplazmasida loviyaga o'xshash katta yadro va dumaloq kichik yadro bor. Jinssiz ko'payishi yadrolar qobig'ining erishi va yadro moddasining ikkiga taqsimla nishidan boshlanadi. Bu vaqtda tufelkaning tanasi qoq o'rtasidan ingichkalashadi. Hosil bo'lgan yangi yadrolar tufelkaning oldingi va keyingi tomoniga teng miqdorda o'tadi. Tufelka tanasi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.19 MB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.19 MB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga