31-§. Nerv sistemasi va sezgi organlari 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Markaziy nerv sistemasi. Baliqlarning markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan tashkil topgan. Orqa miya uzun naydan iborat bo'lib, umurtqa pog'onasi nayi ichida joylashgan. Orqa miya ning ikki yonidan ichki organlarga, suzgichlarga, teri va muskullarga nervlar chiqadi (63-rasm). Bosh miya miya qutisi ichida joylashgan bo'lib, nerv nayi oldingi qismining o'zgarishidan kelib chiqqan. Baliqlar va barcha umurtqali hayvonlarning bosh miyasi oldingi miya, oraliq miya, o'rta miya, miyacha va uzunchoq miya deb ataladigan bo'limlardan iborat. Miya ning hamma bo'limlari baliqlar hayotida katta ahamiyatga ega. Miyacha harakatlanish, uzunchoq miya nafas olish, qon aylanish, hazm qilish organlari ishini boshqarib turadi. Sezgi organlari baliqlarga atrof-muhitni yaxshi bilib olishga imkon beradi. Ular yordamida baliq o'z ozig'ini topadi yoki yaqinla shayotgan dushmanini bilib oladi. Suvdagi sharoitni aniqlashda ham sezgi organlari katta yordam beradi. Sezgi organlari orasida ko'zlar muhim ahamiyatga ega. Baliqlarning ko'zi qovoqsiz, boshining ikki yonida joylashgan. Ular yaqin masofadan ko'radi, narsalarning shakli va rangini farq qila oladi. Ko'zlar oldida joylashgan ikkita burun teshigi hid sezuvchi hujayralarga ega bo'lgan xaltachalarga ochiladi. Eshitish organlari miya qutisining ikki yonida joylashgan, suyaklar bilan qoplangan ichki quloqdan iborat. Suv zich muhit bo'lganligidan tovushni yaxshi o'tkazadi. Tajribalarda baliqlar qirg'oqda yurgan odam qadami, so'zib kelayotgan qayiq ovozi, qo'ng'iroq va o'q tovush larini yaxshi eshitishi aniqlangan. Ta'm bilish hujayralari baliqlarning og'iz bo'shlig'i, halqumi hamda butun tana yuzasida joylashgan. Zog'ora baliq, treska va boshqa bir qancha baliqlarning boshida joylashgan mo'ylovlar tuyg'u vazifasini bajaradi. Baliqlar hayotida ayniqsa yon chiziqlarning ahamiyati katta. Yon chiziqlar baliq ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.15 MB
Ko'rishlar soni
262 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.15 MB
Ko'rishlar soni
262 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx