7-sinf Zoologiya 'Lansetnik - tuban tuzilgan xordali hayvon' ko'rgazma

7-sinf Zoologiya 'Lansetnik - tuban tuzilgan xordali hayvon' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya 'Lansetnik - tuban tuzilgan xordali hayvon' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

28-§. Lansetnik - tuban tuzilgan xordali hayvon 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Lansetniklar tropik va mo'tadil iqlimli dengizlar, shu jumladan, Qora dengizda tarqalgan. Och pushti rangli shaffof, tanasining uzunligi 4-8 sm bo'lib, ikki yoni yassi, oldingi va keyingi tomonlari biroz ingichkalashgan. Teri burmalari bilan qoplangan dum suzgichi esa qo'sh tig'li jarrohlik asbobi - lansetga o'xshaydi. Lansetnik hayotining ko'p qismini dengiz tubidagi qumga ko'milgan holda o'tkazadi. Qumdan faqat lansetnikning oldingi og'iz tomoni chiqib turadi. Og'iz teshigi 10-20 juft paypaslagichlar bilan o'ralgan. Xordasi va muskullari. Lansetnik xordasi tanasining orqa tomoni bo'ylab o'tgan pishiq o'qdan iborat. Xorda tig'iz joylashgan maxsus hujayralardan iborat bo'lib, ichki organlar uchun tayanch vazifasini o'taydi; tanani egiluvchan qilib turadi. Lansetnik va unga o'xshash tuban tuzilgan xordalilarning xordasi butun hayoti davomida saqlanib qo ladi. Bosh miyasi va bosh skeleti bo'lmaydi. Shuning uchun lansetniklar bosh skeletsiz xordalilar kenja tipiga kiradi. Lansetnikning muskullari ikki yon tomonida tana bo'ylab uzun tasma shaklida joylashgan. Lansetnik juda oddiy harakatlanadi: tanasini u yoki bu yoniga egib so'zib yuradi yoki qumni yorib ki rib oladi. Hazm qilish sistemasi. Og'iz teshigi maxsus chuqurcha - og'iz oldi voronkasida joylashgan bo'lib, paypaslagichlar bilan o'ralgan. Paypaslagichlarning harakati tufayli suv og'iz teshigiga haydaladi. Juda mayda plankton organizmlar suv oqimi bilan og'iz orqali halqumga o'tadi va uning devoriga ilakishib qoladi. Oziq luqmalari halqumdan ichakka tushib hazm bo'ladi. Suv esa halqum devoridagi jabra teshiklari orqali chiqib ketadi. Hazm bo'lmagan oziq qoldiqlari dum suzgich ostida joylashgan orqa chiqarish teshigi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Nafas olish organlari. Lansetnik halqumi ikki yoni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1 MB
Ko'rishlar soni 216 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1 MB
Ko'rishlar soni 216 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga