7-sinf Zoologiya 'Xivchinlilar sinfi' ko'rgazma

7-sinf Zoologiya 'Xivchinlilar sinfi' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya 'Xivchinlilar sinfi' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

4-§. Xivchinlilar sinfi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Xivchinlilarni yashil evglena misolida o'rganamiz. Xivchinlilar tanasi qattiq qobiq bilan qoplangan bir hujayrali hayvonlardir. Ularning tipik vakili yashilevglena hisoblanadi. Ular bitta yoki bir nechta xivchinlar yordamida harakatlanadi. Harakatlanishi va tuzilishi. Yashil evglena ko'lmak suvlarda va hovuzlarda hayot kechiradi. U juda mayda, amyobaga nisbatan 5-10 marta kichik hayvon. Tanasining shakli duksimon bo'lib, oldingi va keyingi tomoni ingichkalashgan. Xivchini vintga o'xshash buralib, uni oldinga siljitadi. Evglena hujayrasi qattiq va qayishqoq yupqa qobiq bilan qoplanganligi tufayli doimiy shaklga ega. Evglena sitoplazmasida bitta yirik yadro, qisqaruvchi vakuola va qizil dog'ga o'xshash «ko'zcha» joylashgan. Oziqlanishi. Evglena sitoplazmasida yashil tanachalar shaklidagi xromatoforalar bo'ladi. Ulardagi xlorofill pigmenti yordamida evglena fotosintez qiladi. Yorug'lik ta'sirida uning xromatoforala rida organik moddalar hosil bo'ladi. Bu moddalar evglenaning o'sishi, rivojlanishi va ko'payishi uchun sarf bo'ladi. Evglena qorong'ida hayvonlar singari tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi. Agar uzoq muddat qorong'i joyda saqlansa, evglena xlorofili yemirilib, hujayrasi rangsiz lanadi; endi u suvda erigan organik moddalarni tana yuzasi orqali shimib oziqlana boshlaydi. Evglenaning fotosintez qilish xususiyati o'simliklar bilan hay vonlarning bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan ligidan darak beradi. Nafas olishi va ayirishi. Evglena ham amyoba singari suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Sitoplazmadagi ortiqcha suv va zararli almashinuv mahsulotlari qisqaruvchi vakuola orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Ta'sirlanishi. Evglena qizil dog' ko'zchasi yordamida yorug'likni sezish xususiyatiga ega. Shuning uchun u suvning yorug' tushib turgan tomoniga qarab harakat qiladi. Ko'payishi. Evglena amyoba singari ikkiga bo'linish orqali jinssiz ko'payadi. Bo'linish boshlanishi bilan eski xivchinning yonida ikkinchi yangi xivchin hosil bo'ladi. Bo'li nish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 292 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 292 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga