41-§. Ko'k kaptarning tashqi tuzilishi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Gavda bo'limlari. Kaptarning gavdasi bosh, bo'yin, tana va oyoqlardan iborat. Uncha katta bo'lmagan yumaloq boshi uzun va juda harakatchan bo'yin orqali tanaga tutashgan. Tumshug'i usti- da burun teshigi, boshining ikki yonida ko'zlari, ulardan orqaroqda quloq teshiklari joylashgan. Qushlar uchayotganida yoyilgan qanotlar ko'tarish yuzasini hosil qiladi. Qushlar oyoqlarining pastki qismi - iligi va barmoqlari muguz tangachali dag'al teri bilan qoplangan. Kap tar faqat oyog'iga tayanib yerda yuradi. Tana qoplag'ichi. Qushlar terisi pat bilan qoplangan. Patlar tuzilishiga ko'ra kontur patlar va parlarga bo'linadi. Kontur patlar vazifasiga binoan kontur-qoplag'ich (tana yuzasidagi patlar), qoqish (qanotlar), boshqarish (dum), momiq patlarga ajratiladi. Pat ingichka va qattiq o'zakdan hamda uning ikki tomonida joylashgan keng va yumshoq yelpig'ichdan iborat. Pat yelpig'ichi o'zakdan chiqib, ketma-ket ikki marta shoxlanadigan muguz o'siqchalarning qalin to'ridan hosil bo'ladi. Pat o'qining pastki yelpig'ichsiz uchi teridagi pat xaltasiga kirib turadi. Pat o'zagidan chiqadigan 1-tartib o'siqchalar o'zaro parallel joylashgan. Har bir o'siqchaning ikki yonida yanada ingichkaroq 2-tartib o'siqchalar joylashgan. Bir-birining ustiga tushib turadigan yondosh o'siqchalar juda mayda ilgakchalar yordamida qo'shilib ketgan. Patlar yengil, egiluvchan va deyarli havo o'tkazmaydigan bo'ladi. Qushlar uchganida qanot va dumidagi qoqish va boshqarish patlari bir-birining ustiga cherepitsa singari tushib, ko'tarish yuzasini hosil qiladi. Qoplag'ich patlar ostida momiq patlar joylashgan. Momiq patlarning yelpig'ichi yumshoq va g'ovak bo'ladi; 2-tartib o'siq chalari bo'lmaydi. Bundan tashqari, suv qushlarida parlar ham bo'ladi. Parlarning o'zagi juda kalta, o'siqchalari uning uchida mo'yqalam singari joylashgan. Parlar tanadagi issiqlikni yaxshi saqlaydi. Qushlar tullaganida ularning eski patlari to'qilib, o'rniga yangi patlari hosil ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 09:45:22
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
255 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 09:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
255 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:17 ]
Arxiv ichida: pptx