7-sinf Zoologiya 'Baliqlarning ichki tuzilishi' ko'rgazma

7-sinf Zoologiya 'Baliqlarning ichki tuzilishi' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Zoologiya 'Baliqlarning ichki tuzilishi' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

30-§. Baliqlarning ichki tuzilishi 7-sinf zoologiya darsligi asosida. 2017. Hazm qilish sistemasi. Baliqlarning hazm qilish organlari og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach va ichakdan iborat (60-rasm). Ko'pchilik baliqlarning jag'larida bir necha qator tishlar joylashgan. Baliqlar tishlari yordamida o'ljasini tutadi va ushlab turadi. Yutilgan oziq halqum va qizilo'ngach orqali oshqozonga tushadi. Zog'ora va ayrim boshqa baliqlarning tishlari bo'lmaydi; oshqozoni yaxshi rivojlanmagan. Ular yutgan oziq bevosita ichakka tushadi. Zog'o ra baliq mayda umurtqasizlar, tuban suv o'tlari, yashil o'simliklarning yosh novdalari va barglari bilan oziqlanadi. Oziq oshqozon devori bezlari ishlab chiqargan shira ta'sirida hazm bo'la boshlaydi. Chala hazm bo'lgan oziq ingichka ichakka tushadi. Bu yerda oziqqa oshqozonosti bezi shirasi va jigar ajratib chiqaradigan o't suyuqligi ta'sir qiladi. Hazm bo'lgan oziq ichak devori orqali qonga so'riladi. Nafas olish sistemasi jabralardan iborat. Baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Ular og'zi orqali yutilgan suvni jabra teshiklari orqali chiqaradi. Jabralar jabra ravoqlari (yoylari)dan iborat. Har bir ravoqning keyingi tomonida och qizg'ish tusli varaqlari, oldingi tomonida jabra qilchalari joylashgan. Jabra qilchalari suv bilan oqib keladigan oziqning tashqariga chiqib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Jabra varaqlari juda mayda kapillyar qon tomirlari bilan qoplangan. Jabralardan o'tayotgan suv dan kislorod jabra varaqlari kapillyarlaridagi qonga shimiladi; karbonat angidrid esa qondan suv ga ajralib chiqadi. Qahraton qishda muz tagiga kislorod o'tmasligi yoki issiq yozda iliq suvda kislorod kam erishi tufayli baliqlar halok bo'ladi. Qon aylanish sistemasi yurak, qorin va orqa aortalari, arteriya, vena va kapillyardan iborat. Yuragi yurak qorinchasi va bo'lmasidan iborat. Yurakdan chiqadigan qon tomirlari arteri yalar, yurakka keladigan qon tomirlari venalar deyiladi. Zog'ora baliqning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 960.86 KB
Ko'rishlar soni 238 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:17 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 960.86 KB
Ko'rishlar soni 238 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga