7-sinf Musiqa Vena klassik maktabi namoyondalari

7-sinf Musiqa Vena klassik maktabi namoyondalari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Musiqa Vena klassik maktabi namoyondalari - rasmi

Material tavsifi

viloyati tumani -maktabning Musiqa fani o'qituvchisi ning mavzusida 7-sinflar uchun 1 soatlik DARS ISHLANMASI VENA KLASSIK MAKTABI NAMOYANDALARI (Musiqa madaniyati fanidan 7-sinflar uchun 1 soatlik dars ishlanmasi) Maqsad: Ta'limiy: O'quvchilarga jahon musiqasi tarixi haqida ma'lumot berish, xorijiy kompozitorlar ijodi bilan yaqindan tanishtirish, Vena klassik maktabi va uning namoyandalari to'g'risida bilimlarni shakllantirish. Tarbiyaviy: O'quvchilarni jahon musiqa merosiga hurmat ruhida tarbiyalash, tinglash madaniyatini oshirish, tengdoshlari fikriga hurmat hissini shakllantirish, kompozitorlar hayot yo'li va ijodi orqali axloqiy tarbiya berish. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni mantiqiy fikrlashga va vaziyatni to'g'ri anglashga o'rgatish, o'zaro sog'lom raqobat muhitini yaratish, jahon musiqa madaniyati rivoji bosqichlarini bilish va voqeliklarni farqlashga o'rgatish, kompozitorlar ijodiy merosini bilish, musiqa asarlarining ta'sir kuchini his ettirish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars jihozi: darslik, fortepiano, musiqiy adabiyotlar (Gaydn, Motsart, Betxoven asarlari), elektron doska, monitor, ovoz kuchaytirgich, kompozitorlarning portretlari, 3 ta bo'sh javon, tugma qadalgan qo'lqoplar, ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar. Dars metodi: Jumboq metodi, Qadamingni o'ylab bos! metodi, Faktlar bahsi metodi, Musiqa javoni o'yini. Darsning borishi: tashkiliy qism. Dars tantanavor ruhdagi musiqa ohanglari bilan boshlanadi. Navbatchi axboroti tinglanib, o'quvchilar davomati aniqlanadi. O'quvchilarga dars qoidasi tanishtiriladi. O'qituvchi: Aziz o'quvchilar, bugun darsimizni noan'anaviy tarzda olib boramiz. Teskari qaytarib qo'yilgan suratlardan birini tanlash orqali 3 guruhga bo'linasiz. O'tilgan mavzuni takrorlash: O'qituvchi: O'quvchilar, biz o'tgan musiqa madaniyati darsimizda qaysi mavzu bilan tanishgan edik? O'quvchilar: Jahon musiqasi rivojining asosiy bosqichlari mavzusi bilan tanishgan edik. O'qituvchi: O'tilgan mavzu nechog'lik tushunarli bo'lganligini bilib olish maqsadida Qadamingni o'ylab bos! metodidan foydalanamiz. Doska oldida jahon musiqani rivojining 6 bosqichi aks etgan qadamlar joylashtirilgan. Men ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 5.15 MB
Ko'rishlar soni 9 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:15 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 5.15 MB
Ko'rishlar soni 9 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga