8-sinf Chizmachilik Proyeksiyalash usullari

8-sinf Chizmachilik Proyeksiyalash usullari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Chizmachilik Proyeksiyalash usullari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI VILOYAT XALQ TA'LIMI BOSHQARMASI TUMAN XALQ TA'LIMI BO'LIMIGA QARASHLI -UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI CHIZMACHILIK FANI O'QITUVCHISI NING 8-SINFLAR UCHUN PROYEKSIYALASH USULLARI MAVZUSIDA BIR SOATLIK ANNOTATSIYA: Chizmachilik fanining ahamiyati hamda bu fanning o'quvchilarda tasavvur va idrokni umumlashtiruvchi yaratuvchanlik, bunyodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda asosiy o'rinlarda turishini e'tiborga olgan holda ushbu dars ishlanmamni o'quvchilarda eng sodda geometrik jismlarni nafaqat chizmalarda tasvirlashga, balki ochiq fazoda tasavvur eta olish salohiyatini kuchaytirishga qaratdim. Shu bilan birga tanlagan mavzuim orqali hayot davomida uchraydigan muammo va masalalarning ko'p tomonlama yechimlarini bir vaqtning o'zida umumlashtira olish hamda to'g'ri yechimni tanlay olish ko'nikmasi shakllanadi. Tanlagan mavzuimning yana bir ahamiyatli tomoni chizmachilik darslaridagi ketma - ketlik har bir mavzuni mukammal o'zlashtirilishini talab qiladi. Barcha detallar asosini tashkil qiluvchi geometrik jismlar va ularning proyeksiyalari hamda ularni chizmada tasvirlash usullarini to'liq o'zlashtirish keyingi mavzular uchun asos bo'lib xizmat qiladi hamda dars jarayonida o'quvchining keyingi mavzularni tushunish va qabul qilish tezligini oshiradi. Bu o'qituvchi uchun ham yangi mavzularni qisqa vaqt ichida o'quvchilarga yetkazib berishda qulaylik yaratadi. O'tilgan mavzuni takrorlash va uyga vazifa berishda o'zim tuzib chiqqan topshiriqlar blankalaridan foydalandim. Unda dastlab nazariy bilimlarni tekshiruvchi yopiq test shaklidagi savollar majmui berilgan. So'ngra grafik test yoki chizma orqali amaliy ko'nikmalar tekshiriladi. Buning afzallik tomoni shundaki, o'quvchi uyda o'tilgan mavzuni qayta o'qib, o'z bilimini ushbu topshiriqlar blankalari orqali tekshirib ko'rishi mumkin. O'qituvchi uchun ham uyga vazifa berishda qulaylik yaratadi. Ushbu blankalar jamlangan Chizmachilik ish daftarini tuzib chiqqanman. Mavzuni tushuntirishda o'qituvchi qo'l harakatlaridan foydalanishi o'quvchilarda fazoviy xotiraning kengayishiga va ochiq fazoda jismlarni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 3.41 MB
Ko'rishlar soni 2 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:19 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 3.41 MB
Ko'rishlar soni 2 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga