Qashqadaryo viloyati, G'uzor tuman MMTVga qarashli 47-umumta'lim maktabining informatika fani o'qituvchisi ORALOV JAVOHIRNING 6-sinflar uchun Ma'lumotlar bazasi nima? Maydonlarni aniqlash. Ma'lumotlar turlari mavzusida tayyorlagan bir soatlik Mavzu: Ma'lumotlar bazasi nima? Maydonlarni aniqlash. Ma'lumotlar turlari Maqsadlar: Ta'limiy: O'quvchilarga ma'lumotlar bazasi, uning tuzilishi, maydonlarni aniqlash va ma'lumotlar turlari haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy: O'quvchilarda tizimli fikrlash, o'zaro hamkorlikda ishlash ko'nikmalarini shakllantirish. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning analitik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. Kutilayotgan natijalar: O'quvchilar ma'lumotlar bazasining asosiy tushunchalarini biladi. Maydonlarni qanday aniqlashni tushunadi va ma'lumot turlarini tasniflay oladi. Klaster metodi orqali mavzuni o'rganadi. Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Darsda qo'llaniladigan metod: Klaster metodi, savol-javob, muammoli ta'lim. Kerakli jihozlar: Kompyuter, projektor, elektron jadval, tayyor klaster sxemasi. Darsning tuzilishi (45 daqiqa) Kalit so'zlar: Axborot: bu qiymatga ega ma'lumot va u sizga nima deyotganini tushuna olasiz. Masalan, 12 ta ot. Ma'lumot: bir o'zi biror ma'no bermaydigan raqam yoki so'zlar. Masalan 25 yoki ma'lumotlar bazasi. Ma'lumotlar bazasi: jadvallarda saqlanuvchi ma'lumotlar to'plami. Fayl: hujjat. Masalan, kompyuterda saqlanuvchi ma'lumotlar bazasi. Maydon:axborotning bir qismi. Masalan, yosh. Qator: jadvaldagi barcha gorizontal ma'lumotlar. Masalan, bir bemor uchun ajratilgan barcha maydonlar. Yozuv: bir obyekt, predmet yoki shaxs haqidagi to'ldirilgan maydonlar to'plami. Tartib: predmetlarning joylashuvi. Masalan, alifbo tartibida. Klaster metodi uchun mavzu asosida sxema: O'qituvchi taxtada yoki ekranda quyidagi asosiy tushunchalarni aks ettiruvchi klasterni ko'rsatadi: Markaziy tushuncha: Ma'lumotlar bazasi Tarmoqlar: Ma'lumotlar bazasining maqsadi (axborotni saqlash, qayta ishlash). Maydonlar (qatorlar va ustunlar). Ma'lumotlar turlari (matnli, raqamli, sana). Amaliy qo'llanilishi (maktab, do'kon, tibbiyot). O'quvchilar guruhlarda ishlash jarayonida ushbu klasterni to'ldirib, har bir bo'limni misollar bilan boyitadi. Bu modulda kimsasiz orolda ...

Joylangan
26 Mar 2025 | 07:50:36
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
989.01 KB
Ko'rishlar soni
0 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
26 Mar 2025 [ 07:50 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
989.01 KB
Ko'rishlar soni
0 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan