Qarshi tuman Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 36-umumiy o'rta ta'lim maktabining informatika fani o'qituvchisi Raximov Qahramonning 10-sinf informatika fanidan tayyorlagan bir soatli dars ishlanmasi Qashqadaryo viloyat 36-dars. Delphi dasturlash muhiti I. Delphi interfeysi quyidagi bo'limlardan iborat Sarlavha satri Asosiy menyu Uskunalar paneli Boshqarish obyektlari (komponentalar) paneli Boshqarish obyektlari brauzeri Boshqarish obyektlari (elementlari) inspektori Yaratilayotgan ilova oynasi (forma) Yaratilayotgan ilova kodi oynasi Delphi muhiti bosh oynasining sarlavha satri standart ko'rinishiga ega bo'lib, unda ilovaning nomi, unda yaratilayotgan loyiha nomi va oynani yashirish, o'lchovini o'zgartirish va uni yopish uchun xizmat qiladigan uchta tugma joylashgan. 2. Delphining asosiy menyusi 11 ta bo'limdan iborat bo'lib, ular quyidagilardir. File (Fayl) Edit (tahrirlash) Search (Qidiruv) View (ko'rinish) Project (Loyiha) Run (Ishga tushirish) Component (Boshqarish obyektlari) Database(Ma'lumotlar ombori) Tools (uskunqlar) Window (Oynalar) Help (Yordam) 3. Delphi uskunalar paneli va obyekt (komponenta)lar paneli Uskunalar panelida ko'p ishlatiladigan tugmalari joylashgan bo'lib, bu ularni asosiy menyuga kirmasdan ishlatish imkonini beradi. Uskunalar panelida o'ndan ortiq tugmalar bo'lib, ularga yangilarini qo'shish, ba'zilarini olib tashlash mumkin. Komponenta deb yaratilayotgan ilovaga joylash uchun mo'ljallangan turli boshqarish elementlari (obyektlari)ga aytiladi. Vizual dasturlash shu boshqarish elementlarini ilova oynasiga joylash va uning xossalarini o'zgartirish orqali amalga oshiriladi. Delphida yuzlab boshqarish elementlari bo'lib, ular komponentalar panelining yigirmadan ortiq jildlariga joylab chiqilgan. 4. Delphi oynalari. Delphining bosh oynasidan tashqari yana bir qator oynalari bo'lib, ularning bosh oyna ichida joylashishini o'zgartirish, ularni yashirish, ekranga chiqarish, o'chamlarini o'zgartirish mumkin. Bu oynalardan birinchisi forma oynasi deb ataladi va unda yaratilayotgan ilovaning asosiy oynasining ko'rinishi aks etadi. Unda komponentalar panelidan kerakli komponentalarni sichqoncha yordamida ...

Joylangan
07 Sep 2022 | 19:37:29
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
953.75 KB
Ko'rishlar soni
409 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
07 Sep 2022 [ 19:37 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
953.75 KB
Ko'rishlar soni
409 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:03 ]
Arxiv ichida: pptx