O'zlashtirish va ma'lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari O'zlashtirish va ma'lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari Dars maqsadi: O'quvchilarni Paskal dasturlash tilidagi o'zlashtirish va ma'lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari bilan tanishtirish. Asosiy tushunchalar: O'zlashtirish va ma'lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari. Mavzuni boshlashga hozirlik: Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi. O'qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga tayyorlanadi. Paskal dasturlash tili va unga oid plakatlar tayyorlab qo'yiladi. Mavzuni yoritish: Dars ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi shaklida olib boriladi. O'zlashtirish operatori. O'zlashtirish operatori o'zgaruvchilarga qiymat berish uchun ishlatiladi. U := belgi bilan ifodalanadi. O'zlashtirish operatorning umumiy ko'rinishi quyidagicha: o'zgaruvchi := algebraik ifoda; Bu operator bajarilganda algebraik ifoda hisoblanib, uning qiymati o'zgaruvchiga beriladi. 1 - misol. Quyidagi dastur bajarilishi natijasida a nomli o'zgaruvchining qiymati 22 soniga teng bo'ladi. var a:integer; begin a := 22; end. 2 - misol. Quyidagi dastur bajarilishi natijasida meva nomli satrli o'zgaruvchining qiymati olma so'ziga teng bo'ladi. var meva : string; Begin meva := 'olma'; end. 3 - misol. var a,b: Real; begin a := 8; a ning qiymati 8 ga teng bo'ldi b := a*5; b ning qiymati a*5, ya'ni 40 ga teng bo'ldi (8*5) b := b+10; endi b ning qiymati 50 ga teng bo'ldi (40+10) end. Yuqoridagi misollarda o'zgaruvchilar turli qiymatlar qabul qildi. Ammo biz ularning natijasini ko'rmaymiz. Chunki ular kompyuter xotirasida qolib, ekranga chiqarilmaydi. Ma'limotlarni kompyuter ekraniga chiqarish uchun chiqarish operatoridan foydalaniladi. Paskalda chiqarish operatori quyidagi ikki xil ko'rinishga ega: Write(chiqarish ro'yxati) WriteLn(chiqarish ro'yxati), bu yerda Write (ing. - yozish) - Paskalning xizmatchi so'zi; chiqarish ro'yxati - o'zaro vergul bilan ajratilgan va ekranga chiqarilishi kerak ...

Joylangan
08 Sep 2022 | 16:54:02
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
514.19 KB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:28
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Sep 2022 [ 16:54 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
514.19 KB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:28 ]
Arxiv ichida: ppt