ERNEST SETON TOMPSON (1860-1946) Yozuvchi 1860-yil avgustning 14-kunida Angilyada tug'ildi. Uning tomirida shotland qoni bor. Ernestning ajdodlari tog'liklar bo'lib, ular hamisha tabiat orasida, tabiat bilan hamnafas yashadi Ernest 6 yosh bo'lganda ularning oilasi Kanadaga ko'chib keldi. U shu yoshidan boshlab esini tanidi, ko'rgan-bilganlarini eslab qoladigan bo'ldi. Shu yil qishda maktabga bordi. Seton-Tompson hayvonlar haqida shunday asarlar yaratdiki, bunday asarlar Seton-Tompsongacha yaratilmagan edi, undan keyin ham yaratilmadi. Tabiat, xususan, hayvonlar, jonivorlar haqida minglab asarlar yozildi, ammo hech kim Seton-Tompsondan oshib o'tolmadi. Hech kim Seton-Tompson bo'lolmadi. Asarlari «Men bilgan jonivorlar»; «Quvg'indilar taqdiri»; «Hayvonlar - qahramonlar»; «Mitti yovvoyilar»; «Rolf o'rmonda»; «Kreg - kuteney qo'yi» kabi qator asarlar yaratib, ularda hayvonlarni bosh obraz qilib tasvirladi. Bu asarlar kitobxonlar qalbiga tez kirib bordi, kitobxonlarning mulki bo'lib qoldi. «Jonivorlar haqida hikoyalar» «Jonivorlar haqida hikoyalar» kitobi esa Seton-Tompson nomini olamga yoydi. Kitob qo'lma-qo'l o'qildi, tik turib o'qildi, ovoz qo'yib o'qildi, kecha-yu kunduz o'qildi. Kitobni butun dunyo o'qidi. Kitob bu qadar ommaviylashib, qo'lma-qo'l bo'lib ketish sabablaridan biri - uni bolalar ham, kattalar ham, keksalar ham birday o'qiydi. Kitob yetti yashar kitobxongayam, yetmish yashar kitobxongayam birday suyukli, birday ardoqlidir Noto'g'ri tanqidga munosabat! AQSHning o'sha davrdagi mashhur adibi Jon Berrous «Atlantik Monsli» jurnalida Seton-Tompsonni urib chiqdi. Seton-Tompson maqolani ko'rib-ko'rmaslikka oldi, miq etmadi. Jurnal undan javob maqolasi so'radi, u rad javobini berdi. Vaholanki, oqsoqol adib qo'ygan ayblar tuhmatdan iborat edi Jon Berrous PREZIDENT MASLAHATI AQSHning o'sha vaqtdagi prezidenti Teodor Ruzvelt maslahatiga ko'ra, yozuvchi 2 jildlik «Shimoliy hayvonlar hayoti» nomli kitob yozdi. Kitob uchun «Alanga me'dali» oltin mukofotini oldi. O'n yil o'tib, ...

Joylangan
16 Sep 2022 | 17:36:34
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
2.71 MB
Ko'rishlar soni
378 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:12
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
16 Sep 2022 [ 17:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
2.71 MB
Ko'rishlar soni
378 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:12 ]
Arxiv ichida: pptx, docx