Muhammad Ali. ''Gumbazdagi nur'' Bu mavzuda biz: - Gumbazdagi nur dostonida ilgari surilgan g'oyalarni tahlil qilamiz; - doston janri haqida bilib olamiz. Muallif bilan tanishamiz Shoir, tarjimon, olim Muhammad Ali (Muhammad Ali Ahmedov) 1942-yili Andijon viloyatida dehqon oilasida tug'ilgan. Muhammad Ali bolaligidan adabiyotga, ijodga mehr qo'ygan, birinchi she'rini yozganida 3-sinfda o'qirdi. O'n besh yoshida ilk she'ri Respublikaning nufuzli gazetalaridan birida nashr etildi. O'rta maktabni tugatib, Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil oldi. Muhammad Ali uzoq yillar turli mas'ul lavozimlarda faoliyat olib bordi, asarlari uchun ko'plab nufuzli mukofotlar bilan taqdirlandi. Muhammad Ali Asarni o'qishga tayyorlanamiz Siz bilan Muhammad Alining Gumbazdagi nur dostonini mutolaa qilamiz. Unda vatanimizdagi ayrim mashhur inshootlarning qurilishi tarixi, mashaqqatlari, millatimizning buyuk siymolari haqida hikoya qilinadi. Rasmlardagi inshootlarga e'tibor bering. Ular qayerda joylashgan? Ularni kim qurganini bilasizmi? Agar sizga o'z shahringiz uchun imorat qurish imkoniyati berilsa, nima qurgan bo'lardingiz? GUMBAZDAGI NUR (qisqartirib olindi) Turibdi bir bola Maqbara qoshida. Savol-la band edi Bolaning yodi: Go'ri Amir nima! Ne ich-u tashida? O'zi soddagina. Temurdir oti Gumbazga termilib Og'riydi bo'yni. Chiqadi, kiradi Qabrga tiriklar, Bolakay turadi Unutib uyni. Vo-o-o! Qandoq qurganlar? Juda ham katta-ku? Bo'lganmi kranlar Avvali ham, a? Domlamiz der edi: O'tmishda, hattoki, Arpa non yer edi Qari-yosh Hamma! Tushadi esiga Yana ko'p gaplar, Ilashar ko'ziga Gumbazdagi nur. Asardagi atamalar qalandar - tarki dunyo qilgan (bu dunyo ne'matlaridan voz kechgan) kishi tim - bozorning usti yopiq qismi Halab - Suriyadagi shahar Boyazid - o'rta asrlarda Turkiya sultoni, Amir Temur uni jangda yengib, asir olgan zud - tez fano - yo'qlik, o'lim valiahd - ...

Joylangan
21 Sep 2022 | 20:02:52
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
5.23 MB
Ko'rishlar soni
1417 marta
Ko'chirishlar soni
842 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:12
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
21 Sep 2022 [ 20:02 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
5.23 MB
Ko'rishlar soni
1417 marta
Ko'chirishlar soni
842 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:12 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan