Takrorlash Matnlarni o'qing. Savollarga javoblarni daftaringizga yozing. Bostirma ostida katta, qora it oldingi oyog'iga jag'ini qo'ygancha yotibdi. Uning dumi va quloqlari kesik. Tumshug'ining uchi tovuqlar titaverib mayinlashib ketgan tuproqqa botgan. Ko'zlari yarim yumuq, go'yo kattaroq ochishga majoli yo'q. It ko'rinishidan horg'in, beparvo bo'lsa-da, tiyrak qaraydi. Uning butun diqqati hasharchilarning ayvondagi poyabzallarida. Poyabzallar bor-yo'g'i to'rtta: poylari doimo og'ib turadigan, qo'nji kalta etik, bog'ichsiz ikki juft tufli va chelak yonidagi keda. Bular itga begona. Unga qarashlilari uch juft kalish. Kalishlar hozir ayvonda yo'q. Tong-sahar tarqalishadi. Birinchi bo'lib Beka kigizdan patak solinganini sigir tomonga sudraydi. Qiz yangi kalishni oyog'iga ilib, paxtazorga jo'naydi. Uchi salgina yirtilib, qizg'ish lattasi chiqib qolgan kalishni esa Xo'jayin xirmonga kiyib ketadi. Oqto'sh Oqto'sh bo'lgandan beri ularnikiga ne-ne poyabzallar kelib ketmadi. Lekin hech qaysisi bularchalik ko'p turishmagan, betartib bo'lmagan. Bunday mehmonlarning ularnikiga birinchi bor qo'nishi… - Oqto'sh! It Bekaning ovozini eshitib, sapchib o'rnidan turdi. Butun gavdasi bilan silkinib, yungiga yopishgan tuproq quyqalarini tushirdi-da, echkinikidek bo'lib qolgan dumini likillatib yugurdi. Beka tandirdan uzib tashlagan kuyik non issiq edi. Oqto'sh birdaniga og'ziga ololmay norozi vingilladi. Non hidi ishtahani qo'zg'ab shoshirdi. U og'zi kuyganiga ham ko'nikdi. Bir-ikki yerga tushirib bo'lsa-da, bostirma ostiga olib keldi. Ostiga yarimta g'isht qo'yilgan ustun yoniga tashlab, kursillatib yeya boshladi. Bahodir Murod Ali 1. Parchada tasvirlangan voqea qayerda sodir bo'lmoqda? A) dala shiyponida B) qishloq hovlisida C) shahardagi xonadonda A) Uch juft kalishni it topib kelgan. B) Uch juft kalish itga berib yuborilgan. C) Uch juft kalish xonadon egalariniki. 2. Unga qarashlilari uch juft kalish. Bu gap bilan muallif ...

Joylangan
21 Sep 2022 | 20:02:52
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
5.13 MB
Ko'rishlar soni
250 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:12
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
21 Sep 2022 [ 20:02 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
5.13 MB
Ko'rishlar soni
250 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:12 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan