6-sinf Texnologiya Silindr shaklidagi detallar eskizini tuzish dars ishlanma

6-sinf Texnologiya Silindr shaklidagi detallar eskizini tuzish dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Texnologiya Silindr shaklidagi detallar eskizini tuzish dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Amaliy mustaqil ishlar: Silindr shaklidagi detallar eskizini tuzish

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI Jizzax viloyat Jizzax shahar 16-umumta'lim maktabining Mehnat ta'limi fani o'qituvchisi Rahimov Uyg'unning DARS ISHLANMASI Mavzu: Amaliy mustaqil ishlar: Silindr shaklidagi detallar eskizini tuzish Mashg'ulotning texnologik xaritasi va o'tkazilish ishlanmasi Darsning borishi Yangi mavzu bayoni Buyumlarni konstruktsiyalash avvalo ularning shakli, o'lchamlari va ashyolarini aniqlashni taqazo etadi. Konstruktsiyalanadigan xar bir detal turli geometric sirtlardan iborat bo'ladi. Avval buyumni yasashning maqsadga muvofiqligini asoslaydigan texnik topshiriq tuziladi. Keyin loyihaning eskizi ishlab chiqiladi (buyumning asosiy parametrlari, gabarit o'lchamlari aniqlanadi). Konstruktsiyalashda ashyoning xossalari, zagatovkaning nuqsonlari, yog'och tolalarining yo'nalishi hisobga olinishi zarur. Detalning shakli va o'lchamlari uni ishlov berishda mustahkam o'rnatishni osonlashtiradigan, uning lozim darajada pishiqligini ta'minlaydigan bo'lishi kerak. Buyumlarning tashqi ko'rinishi ham ularning vazifasiga , estetika va sanitariya-gigiena talablariga javob bera olishi lozim. Egovning dastasi qanday konstruktiv elementlardan iboratligini ko'rib chiqaylik. Rasm-1 Dasta silindrsimon( б, г, д ), qavariq( a ) hamda botiq( a ) murakkab, konussimon ko'rinishdagi (e ) sirtlardan tuzilgan. Dastaning silindrsimon sirtlari: qo'l kafti bilan ushlash (б ) , dastani yorilishdan saqlaydigan metal halqa o'rnatiladigan kichik diametrli silindr (д ) dan botiq silindr (в ) ga o'tish( г ) uchun zarur. Dastaning botiq sirti (B) qo'lning bosh barmog'I tayanishi uchun xizmat qiladi. Qavariq sirti ( a ) ishlash jarayonida qo'l terisini jarohatlamaslik uchun dastani kaftga mahkam tirab turishda yordam beradi. Mustahkamlash uchun savollar: Buyumlarni konstruktsiyalash deganda nimani tushunasiz? Texnik loyihaning eskizi nima? Egov dastasiga qo'yiladigan texnik talablarni ayting va izohlab bering. Mehnatning xavfsizligi uchun: Ishlatiladigan asboblarning holatini tekshirish. Dastgoh va moslamalarning texnik holatini tekshirish. Dastgohni ishga tushirishdan oldin ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati doc
Fayl hajmi 53 KB
Ko'rishlar soni 264 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:12 O'zgarish: doc fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati doc
Fayl hajmi 53 KB
Ko'rishlar soni 264 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: doc fayl yangilangan
Tepaga