Texnologiya fani Metallarga ishlov berish va xalq hunarmandchiligi dars ishlanma

Texnologiya fani Metallarga ishlov berish va xalq hunarmandchiligi dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Texnologiya fani Metallarga ishlov berish va xalq hunarmandchiligi dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg'unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi

O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI Jizzax viloyat Jizzax shahar H.Nosirov nomli 16 - umumta'lim maktabining mehnat ta'limi fani o'qituvchisi Rahimov Uyg'unnin g bir soatlik DARS ISHLANMASI Mavzu: Metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg'unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi Jizzax shahri Mavzu: Metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg'unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi Darsning ta'limiy maqsadi: O'quvchilarga metalga ishlov berish jarayonlari bilan uyg'unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi turlari va texnologiyasi haqidagi tushunchlarni o'rgatish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: O'quvchilarni o'rganganlarini hayotga tadbiq etishga, tejamkorlikga, texnika xavfsizligi qoidalari va gigiyena qoidalariga rioya qilishga o'rgatish, milliy xalq hunarmandchilik san'ati va milliy qadriyatlarni qadrlash ruhida tarbiyalash. Darsning rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarning ijodiy faolliklarini oshirish, texnik tafakkurini rivojlantirib mustaqil ishlashga o'rgatish. Mavzu doirasida asosiy atamalarning ingliz va rus tillaridagi tarjimalarini o'rganish. Darsni jihozlash: Darsga oid slaydlar, buyum maketlari va xalq hunarmandchiligi buyumlaridan namunalar. Darsda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi. Dars metodi: Suhbat, ko'rgazmalilik, aqliy hujum, toza doska metodi. Darsning borishi: tashkiliy qism (5 daqiqa): O'quvchilar bilan salomlashih, davomatni aniqlash, o'quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish; O'tilgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa), o'qituvchi tomonidan berilgan savollar asosida savol-javob uyushtiriladi. Bunda o'quvchilar uchta guruhlarga bo'linishadi, metallarni qayta ishlash xalq hunarmandchilik kasblari bilan bog'liq bo'lgan nom berishadi. Umumiy tarqatma materiallar shaklida guruhlarga alohida savollar beriladi. Savol ustida guruh a'zolari hamjihatlikda ishlashadi. Faol ishtirok etgan va to'g'ri javob bergan guruh a'zolari baholanadi. To'liq berilmagan javoblar o'qituvchi tomonidan to'ldiriladi. Yangi mavzuni o'rganish. O'qituvchining kichik ma'ruzasi (15 daqiqa): Xalq hunarmandchiligi asosida metallarga badiiy ishlov berish mexanik usulda (o'ymakorlik, zarb qilish) hamda himoyalovchi bezak qatlami bilan qoplash (sirlash, kumush bilan hallash) usullari bilan amalga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati doc
Fayl hajmi 44 KB
Ko'rishlar soni 329 marta
Ko'chirishlar soni 45 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:28 O'zgarish: doc fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati doc
Fayl hajmi 44 KB
Ko'rishlar soni 329 marta
Ko'chirishlar soni 45 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: doc fayl yangilangan
Tepaga