Texnologiya fanidan Kasbga doir reja tuzish dars ishlanmasi

Texnologiya fanidan Kasbga doir reja tuzish dars ishlanmasi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Texnologiya fanidan Kasbga doir reja tuzish dars ishlanmasi - rasmi

Material tavsifi

Kasbga doir shaxsiy reja modelini ishlab chiqishga o'rgatish.

O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI Jizzax viloyat Jizzax shahar H.Nosirov nomli 16 - umumta'lim maktabining mehnat ta'limi fani o'qituvchisi Rahimov Uyg'unning bir soatlik DARS ISHLANMASI Mavzu: Kasbga doir reja Jizzax shahri Mavzu: KASBGA DOIR REJA Darsning maqsadi: Kasbga doir shaxsiy reja modelini ishlab chiqishga o'rgatish. Ta'limiy maqsad: O'quvchilar o'z kuchlarini qayerda va qanday qilib sinab ko'rish mumkinligini, kerakli ma'lumotni qaysi o'quv yurtlaridan olish mumkinligini, kasb mahoratini qanday oshirish mumkinligini o'rgatish. Tarbiyaviy maqsad: Kasb tanlashda o'z maqsadlariga yetishish yo'lida uchrashi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni oldindan ko'ra bilishga, o'z kasbini sevishga o'rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: Kasblarga nisbatan dunyoqarashni kengaytirish; Ta'lim, munozaraga o'rgatish; Yaqin kelajakni va uzoq istiqbolni qanday tasavvur etishga o'rgatish; Dars usuli: Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi; Mustaqil ishlashga o'rgatish. Dars jihozi: Darslik, rasmlar, kasblar haqida reja tuzish loyihasi. Darsning borishi: tashkiliy qism. O'tilgan mavzu yuzasidan o'quvchilarni nazorat qilish. O'quvchilarni darsning mavzusi va maqsadi bilan tanishtirish. Yangi mavzuni o'rganish: O'quvchilar o'rtasida yangi mavzu yuzasidan savol-javob, bahs munozara uyushtirish; Yangi mavzu bo'yicha kerakli bilim va tushunchalar berish. Rejasiz va irodasiz kishi kompasi va ruli yo'q kemaga o'xshaydi, u sal shamol o'zgarishi bilan yo'nalishini o'zgartiraveradi. (S. SMAYLS) Endi siz o'z mehnat faoliyatingizni qanday tasavvur etishingizni qog'ozga tushirishga, ya'ni shaxsiy kasbga doir rejangizni tuzib chiqishga harakat qiling. Rejada albatta, ko'rsatilishi shart bo'lgan omil to'g'risida to'xtalib o'tamiz. Aziz o'quvchilar, o'zingiz hamda kelajakda jamiyat va yaqinlaringiz uchun naf keltiruvchi shaxs bo'lib yetishish burchini uddalashingizdek burchni bajarish uchun o'zingiz hohlagan va jonu-dilingiz bilan yaxshi ko'radigan kasbni egasi bo'lishingiz talab etiladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 37-moddasiga binoan har bir shaxs mehnat qilish, erkin ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati doc
Fayl hajmi 40.5 KB
Ko'rishlar soni 610 marta
Ko'chirishlar soni 119 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:28 O'zgarish: doc fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati doc
Fayl hajmi 40.5 KB
Ko'rishlar soni 610 marta
Ko'chirishlar soni 119 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: doc fayl yangilangan
Tepaga