Sinf: 8 sana: Mavzu: Andijon viloyati Dars maqsadlari: a)Ta'limiy maqsad- O'quvchilarga Andijon viloyatining geografik o'rni, tabiiy sharoiti, aholisi, sanoati, qishloq xo'jaligi, transporti,shaharlari haqida tushuncha berish b)Tarbiyaviy maqsad- O'quvchilarni Ona Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash d)Rivojlantiruvchi maqsad- O'quvchilarning viloyat to'g'risidagi bilimlarini rivojlantirib , ularning dunyo qarashini kengaytirish O'quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar 1.Tayanch kompetensiyalar: -kommunikativ -matematik savodxonlik 2.Fanga oid kompetensiyalar - Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish - Geografik obyektlar, joy nomlarini to'g'ri qo'llay olish - Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish Dars turi: an'anaviy Darsda qo'llaniladigan metodlar- Topib ol, O'ylab top Darsda jihozi-tarqatmalar, 8-sinf o'quv atlasi Darsning borishi: 1.tashkiliy qism- - salomlashish - o'quvchilar davomatini olish - o'quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish 2.O'tilgan mavzuni takrorlash. O'quvchilarga O'ylab top o'yini orqali viloyat xaritalari beriladi va ular qaysi viloyat xaritasi ekanligini topishlari va u haqida qisqacha ma'lumot berishlari kerak . 3.Yangi mavzuni tushuntirish Andijon viloyati mamlakatning eng sharqiy viloyatidir. Viloyatning g'arbi tekislik, sharqi qir-adirlardan iborat bo'lib, tog' tizmalariga tutashgan. Qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog'dorchilik, uzumchilik, go'sht-sut chorvachiligi, ipakchilik. Sanoatning asosiy tarmoqlari: mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektroenergetika, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati. Viloyat qishloq xo'jaligi rivojlangan (101-rasm). O'zlashtiriladigan yerlar deyarli qolmagan. Paxtaning yalpi hosili faqat hosildorlikni ko'tarish hisobiga oshirilmoqda. Sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari, asosan, shaharlar atrofida yetishtiriladi. Qishloq xo'jaligida bog'dor chilik salmoqli o'rin tutadi. Bog' va tokzorlar adirlar hisobiga kengay moqda. Ixtisoslashgan bog'dor chilik xo'jaliklari bor. Chorvachiligida qo'y va echkilarning salmog'i katta. Qoramol, asosan, sut va go'sht uchun boqiladi. Pillachilik viloyat xo'jaligida muhim ahamiyatga ega. Viloyatda sanoat ham ...

Joylangan
27 Sep 2022 | 21:40:24
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
129.96 KB
Ko'rishlar soni
870 marta
Ko'chirishlar soni
199 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
27 Sep 2022 [ 21:40 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
129.96 KB
Ko'rishlar soni
870 marta
Ko'chirishlar soni
199 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan