XORAZM VILOYATI HAZORASP TUMANI 5 UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABINING HUQUQ FANI O'QITUVCHISI SABIROVA MUXLISANING 1 SOATLIK OCHIQ MAVZU: Huquqiy javobgarlik Sinfi : 8 Sana: Fan: Huquq O'qtuvchi: Sabirova Muxlisa Mavzu: Huquqiy javobgarlik Ta'limiy maqsad: O'quvchilarga huquqbuzarlik va huquqiy javobgarlik tushunchalarini tushuntirish; Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarning huquqiy tarbiyasini oshirib, o'quvchilarni huquqiy madaniyatli va huquqiy ongli qilib tarbiyalash; Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarda siyosiy fikrlash va mustaqil fikrlashni rivojlantirish. Dars turi: Noa'nanaviy Dars usuli: Ma'ruza, Tushuntirish Dars jihozi: Darslik kitob, Jinoyat Kodeksi, Konstitutsiya, tarqatma materiallar. Kompentensiya: Oquvchi oz qarashiga fikriga ozini pazitsiyasiga ega boladi. I. Darsning borishi: A) Salomlashish; B) O'quvchilar davomatini tekshirish; S) O'quvchilarning darsga tayyorliklarini tekshirish. II. Yangi mavzu bayoni Huquqbuzarlik uchun jazoning muqarrarligi, har qanday huquqbuzarlik ma'lum bir javobgarlik bilan bog'langanligi tabiiy hol. Lekin ijtimoiy javobgarlikning barcha shakllari ham doimo huquqiy javobgarlik bilan bir hil emas. Huquqiy normalarga asoslangan va davlat majburlov normalari bilan bog'liq bo'lgan javobgarlik huquqiy javobgarlikni tashkil qiladi va aynan shu javobgarlikni o'rganish huquqshunoslik fanining vazifalaridan biridir. Huquqiy javobgarlik - huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning huquq normalariga asoslangan, o'z qilmishi uchun javob berish va davlat majburlov choralari ko'rinishidagi oqibatlarga duchor bo'lish va ularni boshidan kechirishdir. Huquqiy javobgarlikka asos bo'lib huquqbuzarlik, ya'ni huquqiy normalarni buzish sanaladi. Huquqbuzarlik turlari huquqiy javobgarlik turlariga mutanosibdir. Masalan: - fuqarolik huquqbuzarligi-fuqaroviy (moddiy) huquqiy javobgarlikni; ma'muriy huquqbuzarlik- ma'muriy javobgarlikni; intizomiy huquqbuzarlik-ijtimoiy javobgarlikni; jinoiy huquqbuzarlik-jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Huquqiy javobgarlik sud tartibida, ma'muriy tartibda yoki intizomiy tartibda amalga oshiriladi. Huquqiy javobgarlikning ikki turi farqlanadi: 1. Jarima yoki jazo 2. huquqni tiklovchi javobgarlik. Jarima yoki jazo turi o'z navbatida ...

Joylangan
27 Sep 2022 | 21:40:24
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
93.28 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
27 Sep 2022 [ 21:40 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
93.28 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan