Sinf: Fan: Chizmachilik. Dars mavzusi: Mashinasozlik chizmalari. Buyum turlari. Konstruktorlik hujjatlarning turlari. Dars maqsadi: a) ta'limiy: O'quvchilarga mashinasozlik chizmalari, buyum turlari, konstruktorlik hujjatlarning va ularning turlari haqida umumiy ma'lumot berish. b) tarbiyaviy: O'quvchilarga nafosat tarbiyasi berish, texnik ma'lumotlar orqali ularda kasbiy tayyorgarlik elementlarini o'stirish. d) rivojlantiruvchi: O'quvchilarning mashinasozlik bo'yicha bilimlarini oshirish. Dars uslubi: Amaliy-grafik va namoyish darsi. Kerakli jihozlar: a) Ko'rgazma-slaydlar, AKT, darslik. b) chizmachilik asboblari, ish daftari. Dars bosqichlari: Darsning borishi: 1. tashkiliy qism: O'quvchilar bilan salomlashiladi va o'tilgan mavzu bo'yicha so'raladi. 2. O'tilgan mavzuni so'rash: O'quvchilarni uy vazifalarini qanday bajarganligini o'qituvchi ko'rib chiqib, vazifani yaxshi bajarganlarini rag'batlantiradi va baholaydi. 3.Yangi mavzu bayoni: Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan har qanday narsa yoki narsalar to'plami umumiy nom bilan buyum deb ataladi. Buyumlar detallar, yig'ish birliklari, kompleks va komplektlarga bo'linadi. Detal- bir xil nomdagi va bir xil markali materialdan (yig'ish jarayonlari qo'llanilmagan) yasalgan bo'ladi. Yig'ish birligi - tayyorlovchi korxonalarda tarkibiy qismlari o'zaro yig'ish jarayonlario bilan biriktiriladigan buyumdir. Kompleks - tayyorlovchi korxonalarda yig'ish jarayonlari bilan birlashtirilmagan, ammo bir-biriga bog'liq ekspluatatsion vazifalarni bajarish ko'zda tutilgan ikki va undan ortiq buyum (22.1-chizma) Komplekt - tayyorlovchi korxonada yig'ish jarayonlari bilan birlashtirilmagan, biroq umumiy yordamchi vazifalarga ega bo'lgan ikki va undan ortiq buyum to'plami. Masalan, ehtiyot qismlar to'plami. Konstruktorlik hujjatlarining turlari Konstruktorlik hujjatlariga standartga muvofiq, grafik va matnli hujjatlar kiradi.Bu hujjatlar ayrim yoki yig'ilgan holda buyumning tarkibi va tuzilishi yoki tayyorlash, nazorat qilish, qabul qilish, ishlatish va ta'mirlash uchun kerakli ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Detal chizmasi - detalning tasviri, uni tayyorlash va nazorat qilish uchun kerak bo'lgan ma'lumotlarni ...

Joylangan
04 Oct 2022 | 01:21:44
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
4.56 MB
Ko'rishlar soni
232 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:16
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
04 Oct 2022 [ 01:21 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
4.56 MB
Ko'rishlar soni
232 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:16 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan