Tasviriy san'at fanidan 7-sinf 26-dars uchun tayyorlagan TAQDIMOTI Mavzu: Me'moriy manzara Tasviriy san'at fani. 7-sinf. 26-dars. Dars mavzusi: Me'moriy manzara Tasviriy san'atning tur va janrlari ichida manzara janri tabiat va inson munosabatlari, kayfiyatlarini tasvirlashda keng imkoniyatlarga ega. Manzaralar ham tabiat, insonlar kabi turli ko'rinish va kayfiyatga ega bo'ladi. Manzarachi rassomlar I. Shishkin, I. Levitan, Aleksey Savrasov, O'rol Tansiqboyev, Nikolay Karaxan, Oganes Tatevosyan, Rashid Temurov, Abduvali Mo'minov, Ortiqali Qozoqov, Mo'rtazo Ergashev, Anvar Mirsoatovlarning manzara janridagi asarlarini tomosha qilish va tahlil etish me'moriy manzara elementlarini belgilashga zamin yaratadi. Ularda qishloqning past-baland uylari, tog'u-adirlar, daryo va jilg'alar, uzoq-yaqinda tasvirlanishi mumkin bo'lgan me'moriy inshoot ko'rinishlari, daraxtlar va boshqa elementlar tasvirini ko'rish mumkin. Barcha manzaralarning bosh g'oyasi, mavzusi - inson va tabiat uyg'unligidir. Rashid Temurovning Bibixonimda bahor asari tahlilini o'qib tushuning. Amaliy mashg'ulot: Amaliy tasviriy faoliyatga kirishishdan oldidan o'quvchilar o'zi ko'rgan va eslab qolgan memoriy manzaralarning variantlari eskizlarini ishlab oladilar. Bu eskiz shahar yoki qishloq manzarasi, qadimiy yoki zamonaviy shahar, ularning sintezi ko'rinishida bo'lishi mumkin. Bu me'moriy manzarani umumiy ko'rinishda siluet holatida ishlashlari ham mumkin. O'quvchilar darslikda berilgan me'moriy kompozitsiya variantlaridan foydalanishlari mumkin. Savollarga javob toping: Manzaraning bosh g'oyasi nima? Manzrachi rassomlardan kimlarni va ularning qaysi asarlarini bilasiz.? Rassom Rashid Temurovning Bibixonimda bahor asarining tasviriy kompozitsion yechimini sharhlab bering. Uyga vazifa: Me'morlikka oid element (tong, oqshom, charog'on kun, bulutli kun) manzara kompozitsiyasini ishlash. PAVEL PETROVICH BENKOV (1879-1949) O'zbekistonDA XIZMAT KO'RSATGAN SAN'AT ARBOBI AVTOPORTRET PAVEL BENKOV. XIVA. (1930) PAVEL BENKOV. CHOR MINOR. 1929 Shohi-Zinda. 1985 O'qituvchi Saliyeva R. ijodidan (Sinf ishi shunday bo'lishi mumkin) ME'MORIY ATAMALAR ...

Joylangan
04 Oct 2022 | 01:21:44
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.13 MB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:16
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
04 Oct 2022 [ 01:21 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.13 MB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:16 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan