7-sinf Tasviriy san'at O'zbekiston tasviriy san'at tur va janrlari dars ishlanma

7-sinf Tasviriy san'at O'zbekiston tasviriy san'at tur va janrlari dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Tasviriy san'at O'zbekiston tasviriy san'at tur va janrlari dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Fan: Tasviriy san'at Mavzu: O'zbekiston tasviriy san'ati tur va janrlari. Darsning maqsadi: a) Tarbiyaviy: O'quvchilarni xalq amaliy san'atiga o'lgan qiziqishlarini oshirish bilan birgalikda ularni san'atni sevishga go'zallikni his qilishga yo'naltirib tarbiyalash. b) Ta'limiy: Qadimgi va hozirgi O'zbekiston tasviriy san'at rivojlanishi taraqqiyoti hamda tasviriy san'at tur va janrlari haqida tushuncha berish. v) Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning mustaqil san'at turlarini o'rganish va shu turlar bo'yicha ijod qilish qobiliyatlarini rivojlantirish. Dars jihozi: Tasviriy san'at tur va janrlariga oid ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar to'plami va boshqalar. Dars usuli: Savol-javob Dars tipi: Aralash tashkiliy qism: a) O'tilgan mavzu haqida savol-javob. b) Yangi mavzu bayoni. Dars rejasi: 1) Tasviriy san'at turlari haqida suhbat. 2) Tasviriy san'at janrlari haqida suhbat 3) Mo'yqalam nima? Mo'yqalam rasm chizish. 4) Manzara janri va manzara chizish 5) O'zbekiston xalq amaliy san'ati. 6) Naqqoshlik san'ati. Darsning borishi: O'zbekiston tasviriy san'at tur va janrlari haqida so'z borar ekan eng avvalo tasviriy san'at turlarini bilib olishimiz kerak. 1) Grafika san'ati. Grafika- grafa bu grekcha so'z bo'lib yozaman chizaman ma'nosini bildirib ko'proq kitoblar bezatishda ishlatiladi. Grafikadarang ishlatilmaydi, ishlatilsa ham asosiy mazmuni ko'rsatuvchi hisoblanmaydi. Asosiy mazmuni oq, qora tasvirlar ochib beradi. O'qituvchi o'quvchilarga grafikachi rassomlar ishlaridan ko'rsatib tahlil qilib beradi. 2) Rang tasvir san'ati. Rang tasvir san'ati hozirgi zamon tasviriy san'atiga yetakchi o'rinni egallovchi san'at turlaridan hisoblanadi. Bu tasviriy san'at turning Monumental va dekorativ rang tasvir turlari mavjud. Savollar: 1) Qaysi ranglar asosiy ranglar hisoblanadi. 2) Qaysi ranglar issiq ranglar hisoblanadi. 3) Qaysi rang sovuq rang hisoblanadi. Akvarel rang tasvirlarning eng shoirona turlaridan biri ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 19.9 KB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:16 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 19.9 KB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga