7-sinf Tasviriy san'at fanidan O'zbekistonda amaliy bezak san'ati mavzusida dars ishlanma

7-sinf Tasviriy san'at fanidan O'zbekistonda amaliy bezak san'ati mavzusida dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Tasviriy san'at fanidan O'zbekistonda amaliy bezak san'ati mavzusida dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: O'zbekiston amaliy bezak san'ati haqida suhbat. Darsning maqsadi: Ta'limiy - O'quvchilarga O'zbek xalq amaliy bezak san'atining barcha turlari haqida tushunchalar berish. Ularning badiiy qobiliyatlari, intellectual salohiyatlarini rivojlantirish. Islimiy, girix, gulli girix nAQSH kompazitsiyasini tuzish haqida tushuncha berish, Tarbiyaviy - O'zbek xalq amaliy bezak san'atining jozibali turlariga bo'lgan mehrini uyg'otish. O'zbek xalq amaliy bezak san'atiga oid turli ta'limiy o'yinlar orqali jamoa bo'lib ishlash ko'nikmalarini shakllantirish. O'z fikrini mustaqil bayon qila olish, o'zgalar fikrini hurmat qilishga o'rgatish. Rivojlantiruvchi: - O'zbek xalq amaliy bezak san'atiga oid nazariy va amaliy bilimlarini umumlashtirib, uning hayotimizda tutgan o'rni nechog'li katta ahamiyatga ega ekanligini tushuntirish orqali ijodkorlik ko'nikmalarini yanada rivojlantirish. Darsning jihozi: O'zbek xalq amaliy bezak san'ati namunalari, Xalq amaliy san'ati ustalarining fotosuratlari, videoproyektor, slaydlar, tarqatmali materiallar, magnityopishtirilgan amaliy san'at asarlaridan reproduksiyalar. Qog'oz, qalam, o'chirg'ich, chizg'ich, sirkullar. Darsning shakli: Noan'anaviy Dars o'tish uslubi: Suhbat, kichik guruhlarda ishlash, muammoli vaziyatlar yaratish Darsning borishi: tashkiliy qism: O'qituvchi: Assalomu-alaykum, ey aziz yoshlar, Ilmu fanga tashna qalbi quyoshlar! O'quvchilar: Va alaykum assalom, qadrli ustoz, Sizlardan har qancha o'rgansakda oz. Aziz o'quvchilar, tasviriy san'atdan navbatdagi mashg'ulotimizni boshlaymiz. Marhamat o'tirib olishingiz mumkin. O'qituvchi sinf ozodaligining tekshirib, navbatchi orqali davomatni aniqlab oladi. Bolalar bugungi sabog'imizni musobaqa-o'yin tarzida tashkil etsak rozimisizlar? O'quvchilar: Ha albatta rozimiz! O'qituvchi: Unday bo'lsa, ikki guruhga bo'linamiz. 1 - guruh Kamoliddin Behzod. 2 - guruh Mirak naqqosh nomi bilan yuritiladi. O'qituvchi o'quvchilar bilan kelishgan holda bugungi dars uchun hurmatli yurtboshimizning Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch asarida keltirilgan Hozirgi kunda milliy ma'naviyatimiz rivojini tasviriy san'at namunalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi degan hikmatli ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 11.69 MB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:16 Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 11.69 MB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, docx
Tepaga