8-sinf fizika darsligi asosida 5-mavzu: ELEKTR MAYDON Elektr maydon haqida tushuncha Jismlarni bir-biriga ishqalab yoki zaryadlangan jismga tekkizib ularni zaryadlash mumkinligi haqida oldingi mavzularda tanishdingiz. Zaryadlangan jismlar o'z atrofidagi boshqa jismlarga ta'sir ko'rsatadi. Maykl Faradey bunday ta'sir elektr maydon orqali sodir bo'lishini tushuntirib bergan. MAYKL FARADEY (1791-1867) Ingliz fizik-eksperimentatori. U hayoti davornida ming-lab tajribalar o'tkazgan, Unga olimlar «eksperimentlar qiroli» deb nom berishgan. Uning eng ulkan kashfiyotlaridan biri elektromagnit induksiya hodisasidir. Maykl mazkur tajribada hosil qilgan kichik tok bugungi kunda butun dunyoni yoritmoqda. Elektr zaryadlar bir-biriga bevosita tegmasdan ham ta'sirlashishi, ular atrofida elektr maydon hosil bo'lishini bildiradi. Birinchi zaryadning elektr maydom ikkinchi zaryadga, ikkinchisining maydoni birinchi zaryadga ta'sir qiladi. Zaryaddan uzoqlashgan sari elektr maydon zaiflasha boradi. Qo'zg'almas zaryadning yoki zaryadlangan jismning maydoni elektrostatik maydon deb ataladi. Elektr maydonni bevosita tajribalarsiz ko'ra olmaymiz, sezmaymiz ham. Uning mavjudligini zaryadlangan jismlarning o'zaro ta'sirlashishiga qarab bilishimiz mumkin. Elektr maydon kuch chiziqlari Stoldagi oyna ustiga doira shaklidagi musbat zaryadlangan metall plastinkani qo'yib, uning atrofiga maydalangan soch tolalarini sepib oynani chertsak, tolalar ma'lum tartibda joylashib qoladi (15-a rasm). Agar oyna ustiga doira shaklidagi ikkita musbat zaryadlangan metatl plas-tinkalarni qo'yib, mayda soch tolalari sepilgan oyna chertiladigan bo'lsa, 15-b rasmdagidek manzara kuzatiladi. Shuningdek, plastinkaning biri musbat, ik-kinchisi manfiy zaryadlangan bo'lsa, soch tolalari 15-d rasmdagidek joylashib qoladi. O'tkazilgan bu tajribalar, birinchidan, elektr maydon mavjudligini, ikkinchidan, elektr maydon kuch chiziqlariga ega ekanligini ko'rsatadi. Elektr maydon kuch chiziqlari musbat zaryaddan boshlanib, manfiy zaryadda tugaydi yoki cheksizlikda tugaydi. Musbat ishorali va manfiy ishorali zaryadlangan sharchalarning alohida turgan holdagi elektr maydon kuch chiziqlari 16-a,b ...

Joylangan
13 Oct 2022 | 18:55:10
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.52 MB
Ko'rishlar soni
255 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
13 Oct 2022 [ 18:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.52 MB
Ko'rishlar soni
255 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: pptx