8-sinf fizika darsligi asosida 48-mavzu: Elektr razryadlarning turlari va ulardan foydalanish Gaz razryadining bir necha turi mavjud. Ularning har birini alohida qarab chiqamiz. Nomustaqil razryad Gazdan o'tayotgan tok kuchining qo'yilgan elektr kuchlanishga bog'liqligini ko'rib chiqaylik. Buning uchun sxemasi 122-rasmda tasvirlangan elektr zanjirni yig'aylik. A anod va K katodlarni yassi kondensator qoplamalari kabi bir-biriga parallel ravishda o'rnataylik. Anod va katod orasidagi kuchlanish V voltmetr bilan, anod va katod orasidagi gaz (havo)dan o'tayotgan tok kuchi A ampermetr bilan o'lchanadi. R reostat yordamida anod va katod orasidagi kuchlanishni o'zgartira borish mumkin. Anod va katod orasidagi havoni doimiy ravishda ionlashtirib turish uchun I ionizator o'rnatilgan. Ionizator uzluksiz chaqnab turishidan anod va katod orasidagi havo qiziydi va ionlashadi. Elektr zanjirdagi kalitni ulab, kuchlanishni asta-sekin oshira boramiz. Anod va katod orasidagi elektr kuchlanish ortishi bilan hosil bo'lgan tok kuchi ham orta boradi. Havodan o'tayotgan tokning kuchlanishga bog'liq holda o'zgarishi 123-rasmda ko'rsatilgan. Kuchlanishni oshira borishda shunday payt keladiki, bunda kuchlanish ma'lum qiymatga yetgach, tok kuchi oshmasdan o'zgarmas bo'lib qoladi (123-rasm AB qismi). Tok kuchining bunday qiymati to'yinish toki It deyiladi. Tok kuchining to'yinishiga sabab nima? Kuchlanish past bo'lganda, anod va katod orasida birlik vaqt ichida hosil bo'layotgan zaryadlarning bir qismigina anod va katodga yetib boradi. Kuchlanish ortishi bilan anod va katodga yetib boradigan zaryadlar soni ortib boradi. Kuchlanish ma'lum qiymatga erishganda, havoda hosil bo'lgan zaryadlarning hammasi anod va katodga yetib boradi. Agar ionizator o'chirilsa, shu zahoti zanjirda tok kuchining qiymati nolga teng bo'lib qoladi. Chunki, elektr razryad to'xtaydi. Anod va katod orasidagi havoda ionizatorsiz mustaqil ravishda razryad ...

Joylangan
13 Oct 2022 | 18:55:10
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
881.86 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
13 Oct 2022 [ 18:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
881.86 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan