8-sinf Fizika fanidan Elektr toki haqida tushuncha dars ishlanma

8-sinf Fizika fanidan Elektr toki haqida tushuncha dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Fizika fanidan Elektr toki haqida tushuncha dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

ELEKTR TOKI 8-sinf fizika darsligi asosida 9-mavzu: ELEKTR TOKI HAQIDA TUSHUNCHA Zaryadli zarralarning tartibli harakati Elektr tokini hosil qilishda zaryadli zarralarni harakatga keltirishning eng oddiy holini qarab chiqamiz, buning uchun elektrometr sharchasini mo'ynaga ishqalangan ebonit tayoqcha yordamida zaryadlaylik. Bunda elektrometr ko'rsatkichi ma'lum burchakka buriladi (28-a rasm). Agar bir uchi yerga ulangan o'tkazgichning ikkinchi uchini elektrometr sharchasiga tekkizsak, shu zahoti elektrometr ko'rsatkichi nolga tushib qoladi. Bu hodisaning sababi shuki, o'tkazgichning ikkinchi uchi sharchaga tekkizilgan zahoti undagi zaryadli zarralar o'tkazgich bo'ylab bir tomonga harakatlanadi va yerga o'tib ketadi (28-b rasm). Zaryadli zarralarning tartibli harakati, ya'ni oqimi elektr toki deb ataladi. «Tok» ruscha «iiotok» so'zidan olingan bo'lib, «oqim» ma'nosini bildiradi. Yuqoridagi tajribada o'tkazgichda elektr toki hosil bo'lganligini bilish uchun yerga ulangan o'tkazgichning o'rtasiga neon lampochka o'rnataylik. Agar o'tkazgichning ikkinchi uchini clcktromctrning zaryadlangan sharchasiga tekkizsak, elektrometrning ko'rsatkichi nolga tushishi bilan bir vaqtda neon lampochka ham bir zumda yonib-o'chadi (29-rasm). Demak, haqiqatan ham, o'tkazgichda zaryadli zarralar bir tomonga tartibli harakat qiladi, ya'ni oqadi va o'tkazgichda elektr toki hosil bo'ladi. Tok hosil bo'lishida elektr maydonning o'rni Zaryadli zarralarning harakat qilishiga sabab, o'tkazgichda elektr may­donning mavjudhgidir. 29-rasmda tasvirlangan tajribada elektrometrning sharchasi manfiy zaryadlangan. O'tkazgich uchi sharchaga tekkizjlmasdarr avval yerning o'tkazgich ulangan joyi neytral bo'ladi, ya'ni manfiy va musbat zaryadlar teng miqdorda bo'ladi. O'tkazgich sharchaga ulangan zahoti undagi manfiy zaryadlarning ta'sirida yerning shu neytral joyida musbat zaryadlar yig'iladi. Natijada sharcha va yer orasida elektr maydon vujudga keladi. Bu maydon ta'sirida sharchadagi elektronlar yer tomon tartibli harakat qiladi va o'tkazgichda qisqa muddatli tok hosil bo'ladi. O'tkazgichda elektr toki vujudga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.38 MB
Ko'rishlar soni 383 marta
Ko'chirishlar soni 76 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.38 MB
Ko'rishlar soni 383 marta
Ko'chirishlar soni 76 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga