8-sinf fizika darsligi asosida 38-mavzu: Elektr xavfsizlik choralari Tevarak-atrofimizda elektr tarmoqlari juda ko'p, kundalik turmushimizda muntazam elektr jihozlar bilan ish ko'ramiz. Ulardagi nosozliklar, ulardan foydalanishda ehtiyotkorona ish tutmaslik tufayli hayotimizni xavf ostiga qo'yishimiz mumkin. Qisqa tutashuv Elektr zanjirdagi simlar ma'lum bir eng katta tok kuchiga mo'ljallangan bo'ladi. Agar zanjirdagi tok kuchi chegaradan oshib ketsa, sim qiziydi va uni o'rab turgan izolatsiya materiali erib ketishi mumkin. Xonadonda quvvatli elektr iste'molchi asboblar, masalan, elektr plita, elektr isitkich, elektr choynak, dazmol bir vaqtda yoqilsa, elektr zanjirdagi tok kuchi keskin ortib ketadi. Natijada zanjirdagi izolatsiyalangan simlar qattiq qiziydi va qisqa tutashuv ro'y berishi mumkin. Qisqa tutashuvda tashqi (iste'molchining) qarshiligi nolga teng bo'ladi. Manbaning turli qntb (faza)laridan kelayotgan ikki elektr simi ochiq joyining bir-biriga tegib ketishi yoki iste'molchi qarshiligi nolga intilishi natljasida tokning keskin ortib ketishi qisqa tutashuv deb ataladi. Izolatsiyalangan mis va aluimniy simlar uchun yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan eng katta tok kuchi miqdori Qisqa tutashuv elektr asboblaridan noto'g'ri foydalanishda, tokli izolatsiyalangan simlarga tashqi shikast yetkazilganda sodir bo'ladi. Qisqa tutashuvda simlarning bir-biriga tegib qolgan joyida nihoyatda katta tok oqadi va shu zahoti kuchli chaqnash yuz berib, sim uziladi (101-rasm). Odam tanasi elektr tokini yaxshi o'tkazadi. 42 V dan yuqori kuchlanishli elektr tarmoq odam organizmi uchun xavfli hisoblanadi. Elektr asboblar bilan ishlaganda ehtiyotsizliklar tufayli odamni tok urishi mumkin, shu sababli elektr xavfsizlik choralariga qat'iy amal qilish kerak. 1. Ko'chadan o'tgan elektr tarmoqlari simlari izolatsiyalanmagan bo'ladi. Uzilgan elektr tarmog'i simini ushlash mumkin emas. Undan o'zingizni va boshqalarni ehtiyot qiling! 2. Xonadon elektr zanjirining simlari, odatda, devor ...

Joylangan
13 Oct 2022 | 18:55:10
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
775.19 KB
Ko'rishlar soni
293 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
13 Oct 2022 [ 18:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
775.19 KB
Ko'rishlar soni
293 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan