Elektr zaryad 8-sinf fizika darsligi asosida 2-mavzu: Atom tuzilishi Yunon olimlari tabiatdagi barcha jismlar atomlardan tashkil topgan deb hisoblaganlar. «Atom» so'zini fanga yunon mutafakkiri Demokrit (mil. aw. 460-370-y.) kiritgan. Bu so'z «bo'linmas» degan ma'noni bildiradi. XX asrga kelib olimlar atomning ham bo'linishi mumkinligini va u murakkab tuzilishga ega ekanhgini aniqladilar. 1911-yilda ingliz fizigi Ernest Rezerford tajriba asosida atom tuzilishining modelini kashf etdi. Atom markazida yadro joylashgan bo'lib, u nmsbat zaryadlangan proton va zaryadlanmagan neytronlardan tashkil topgan. Atom yadrosi atrofida orbita bo'ylab manfiy zaryadlangan elektronlar harakat qiladi. Atomdagi elektronlar soni protonlar soniga teng bo'ladi. Masalan, vodorod (H) atomining yadrosi faqat 1 ta protondan iborat bo'lib, yadro atrofida ham faqat 1 ta elektron harakatlanadi (8-a rasrri). Geliy (He) atomida 2 ta proton, 2 ta elektron va 2 ta neytron mavjud (8-b rasm). Uglerod atomi esa 6 ta proton, 6 ta elektron va 6 ta neytrondan tashkil topgan (8-d rasm). Kimyoviy element atomida proton va elektronlar soni teng bo'lsa, ular elektr jihatdan neytral bo'ladi. Elektr zaryad haqida tushuncha Elektr, jismlarning elektrlanishi, elektr toki kabi tushunchalarni juda ko'p eshitgansiz hamda elektr jihozlaridan muntazam ravishda foydalanib kelasiz. Xo'sh, barchasining asosini tashkil etuvchi elektr zaryadining o'zi nima? Ebonit tayoqchani elektrlab, elektro-skop sharchasiga tekkizilsa, uning yap-raqchalari ochiladi (9-a rasm). Tayoqchani yana bir bor mo'ynaga ishqalab, sharchaga tckkizsak, uning yaproqchalari kattaroq burchakka ochiladi (9-b rasm). Demak, jismning elektrlanganlik da-rajasini o'zgartirish mumkin. Jismlarning elektrlanganlik darajasini tavsiflovchi fizik kattalik elektr zaryad deb ataladi va q harfi bilan belgilanadi. xalqaro birliklar sistemasida elektr zaryadning birligi qilib kulon (C) qabul qilingan. Tabiatda, ...

Joylangan
13 Oct 2022 | 18:55:10
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.09 MB
Ko'rishlar soni
636 marta
Ko'chirishlar soni
93 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
13 Oct 2022 [ 18:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.09 MB
Ko'rishlar soni
636 marta
Ko'chirishlar soni
93 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: pptx