8-sinf fizika darsligi asosida 45-mavzu: Elektrolizdan turmushda va texnikada foydalanish Elekrotexnikada sof mis ko'p ishlatiladi. Misga ozgina boshqa moddalar aralashgan bo'lsa, uning elektr tokini o'tkazish xususiyati yomonlashib ketadi. Mis turli aralashmalardan quyidagi usul bilan ajratib olinadi. Mis ajratib olish Katta elektrolit vannasi mis kuporosining eritmasi bilan to'ldiriladi. Uning ichiga sof misdan tayyorlangan yupqa plastinkalar parallel ravishda tushiriladi. Elektr manbaining manfiy qutbiga ulanadigan bunday sof mis plastinkalari katod vazifasini bajaradi. Katodlar orasiga parallel ravishda qalin anod plastinkalar tushiriladi. Anod vazifasini bajaradigan plastinkalar tozalanmagan misdan tayyorlangan bo'ladi. Elektroliz jarayonida mis kuporosi eritmasidan ajralib chiqqan mis katodga o'tiradi. Bundan tashqari anod plastinkasi elektrolitda erib mis ionlarini hosil qiladi, begona aralashmalar esa ionlarga ajralmaganligi sababli ular vanna tubiga cho'kadi. Vaqt o'tishi bilan katod plastinkalar qalinlasha boradi, anod plastinkalar esa yupqalashadi. Ma'lum vaqtdan keyin katod va anodlar vannadan olinib, ular o'rniga yangisi qo'yiladi. Vannadan chiqarib olingan qalinlashgan plastinka misdan iborat bo'ladi. Galvanostegiya Temirdan yasalgan buyumlar sirti oksidlanishi natijasida tez zanglaydi. Zang esa sekin-asta metallni yemiradi va buyum teshiladi. Odatda, oksidlanadigan metall buyumlar sirti qiyin oksidlanadigan boshqa metallar - nikel, rux, kumush, oltin kabilar bilan qoplanadi. Nikellangan qoshiq, pichoq, choynak kabi turli idish-tovoqlardan turmushda foydalanamiz. Elektrolizdan foydalanib, buyumlarning sirtini qiyin oksidlanadigan metallar bilan qoplash galvanostegiya deb ataladi. Kumush nitrat eritmali vanna orqali ma'lum vaqt davomida tok o'tkazib turilsa, buyum sirti kumush bilan qoplanadi (115-rasm). Buyum sirtiga kumush yugurtirish uchun elektrolil sifatida kumush tuzlari eritmasi, anod sifatida kumush plastinka olinadi. Oltin yugurtirishda esa elektrolit uchun oltin tuzlari eritmasi, anod uchun oltin plastinka ishlatiladi (116-rasm). Galvanoplastika Elektroliz yordamida ...

Joylangan
13 Oct 2022 | 18:55:10
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, pdf
Fayl hajmi
4.18 MB
Ko'rishlar soni
361 marta
Ko'chirishlar soni
72 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
Arxiv ichida: pptx, pdf
Joylangan
13 Oct 2022 [ 18:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, pdf
Fayl hajmi
4.18 MB
Ko'rishlar soni
361 marta
Ko'chirishlar soni
72 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: pptx, pdf