8-sinf Fizika fanidan Elektromagnitlar va elektromagnit rele dars taqdimoti

8-sinf Fizika fanidan Elektromagnitlar va elektromagnit rele dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Fizika fanidan Elektromagnitlar va elektromagnit rele dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

8-sinf fizika darsligi asosida 57-mavzu: Elektromagnitlar. Elektromagnit rele Elektromagnit va uning magnit maydoni Elektromagnit qurilma 1825-yilda ingliz artilleriyachisi Vilyam Sterjen tomonidan kashf etilgan. U yaratgan elektromagnitning g'altagi faqat bir qat-lamli simdan iborat edi. 1828-yilda amerikalik fizik Jozef Genri (1797-1878) temir o'zak ustiga izolatsiyalangan simni ko'p qatlam qilib o'rab, katta kuchga ega bo'lgan elektromagnitni yaratdi. Temir o'zakka bir necha qavat qilib izolatsiyalangan o'tkazgich (sim) o'rab hosil qilingan g'altak elektromagnit deb ataladi. Elektromagnitning ta'sir kuchi qanday kattaliklarga bog'liqligini 160-rasmda keltirilgan qurilma orqali aniqlash mumkin. Bunda zanjirga ulangan elektromagnit uchiga yaqin qilib yakor deb ataluvchi temir plastina dinamometr orqali osilgan. Ushbu qurilma orqali o'tkazilgan tajribalar asosida quyidagi xulosalar chiqarildi: Birinchi tajribada, g'altakdan o'tayotgan tok kuchi orttirilganda, yakorning tortishish kuchining ortishiga ishonch hosil qilindi. Demak, elektromagnitning tortishish kuchi undan o'tayotgan tok kuchiga to'g'ri proporsionaldir. Ikkinclii holda, g'altakdagi simlarning o'ramlar soni kamaytirilganda, yakorning elektromagnitga tortishish kuchining kamayishi kuzatildi. Demak, elektromagnitning tortishish kuchi g'altakning o'ramlar soniga to'g'ri pro­porsionaldir. O'tkazilgan uchinchi tajribada, elektromagnitni g'altakdagi o'ramlar soni va o'tayotgan tok bir xil, lekin uzunligi 2 marta qisqa bo'lgan boshqa elektromagnit bilan almashtirdi. Bunda yakorning elektromagnitga tortilish kuchi 4 mar­ta ortdi. Demak, elektromagnitning tortishish kuchi g'altakning uzunligi kva-dratiga teskari proporsional bo'lar ekan. Elektromagnitning yasalishi va qo'llanilishi Keling, oddiy elektromagnitni o'z qo'limiz bilan yasab ko'ramiz. Buning uchun mixga rangli plastinka yopishtiramiz va ingichka loklangan simni 100-150 ta o'ram qilib mixga o'raymiz. Shuning uchlaridan 15-20 cm qoldirib, uchlarini lokdan tozalaymiz, Endi 3 ta 1,5 V elementlarni ketma-ket ulaymiz va 161-rasmda berilganidek sxemani yig'amiz (161-a rasm). Zanjirni ulashdan oldin, mixni metall bo'laklari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.94 MB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:19 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.94 MB
Ko'rishlar soni 256 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga