8-sinf Fizika fanidan Gazlarda elektr toki dars taqdimoti

8-sinf Fizika fanidan Gazlarda elektr toki dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Fizika fanidan Gazlarda elektr toki dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

8-sinf fizika darsligi asosida 47-mavzu: Gazlarda elektr toki Gazda elektr razryad Yassi kondensatorni elektrometrga ulab, elekrometrni zaryadlaylik. Bunda ma'lum bir qiymatni ko'rsatib turgan elektrometr ko'rsatkichi deyarli qo'z-g'almaydi, nndagi zaryad kamaymaydi (120-a rasm). Bu esa kondensator qoplamalari orasidagi havo orqali zaryad o'tmayotganligini ko'rsatadi. Demak, quruq havoni xona temperaturasida dielektrik deb hisoblash mumkin. Sham yoqib, kondensator qoplamalari orasidagi havoni isitaylik. Shu zahoti elektrometr ko'rsatkichi kamaya boshlaydi, ya'ni kondensator zaryadsizlanadi (120-b rasm). Demak, isitilgan havodan tok o'tadi. Gaz orqali elektr toki o'tishi jarayoni gaz razryadi deb ataladi. Gazlarning ionlashishi Havo tarkibida azot, kislorod, vodoroddan tashqari bir foizga yaqin neon, argon kabi inert gazlar ham mavjud. Xona haroratida havodagi barcha atom va molekulalar neytral holatda bo'ladi. Havo isitilganda neytral atomlar ionlarga aylana boshlaydi, ya'ni ionlashadi. Bu jarayon qanday kechishini neon va argon inert gazlari misolida ko'rib chiqaylik. Neon (Ne) yadrosi atrofida orbita bo'ylab 10 ta, argon (Ar) yadrosi atrofida esa 18 ta elektron aylanib yuradi. Ularda tashqi elektron qobig'ida 8 tadan elektron bo'lib, tugallangan hisoblanadi. Neon yadrosining zaryadi +10 e ga, elektronla-rining jami zaryadi 10 e ga teng. Argonniki esa mos ravishda +18 e va -18 e ga teng (121-a rasm). Alohida olingan Ne va Ar atomlari elektr jihatidan neytraldir. Havo isitilganda ba'zi Ne va Ar atomlarining tashqi elektron qobig'ida aylanib yurgan elektronlardan bin atomni tark etadi. Bitta elektronini yo'qotgan Ne atomi Ne+ ioniga, Ar atomi esa Ar+ ioniga aylanadi (121-b rasm), Temperature qancha yuqori bo'lsa, havoda shuncha ko'p ion hosil bo'ladi. Elektr maydon ta'sirida Ne+ va Ar+ ionlari kondensatorning manfiy zaryadlangan qoplamasi tomon, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 766.66 KB
Ko'rishlar soni 298 marta
Ko'chirishlar soni 47 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:19 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 766.66 KB
Ko'rishlar soni 298 marta
Ko'chirishlar soni 47 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga