8-sinf fizika darsligi asosida 25-26-mavzu: Iste'molchilarni aralash ulash (Mustaqil o'qish uchun) Iste'molchuarni ketma-ket va parallel holda ulanishini ko'rib chiqdik. Lekin amalda bitta zanjirda ham ketma-ket, ham parallel ulanish hollari ko'p uchraydi. Masalan, 3 ta rezistor 73-rasmdagidek ulangan bo'lsin. Elektr zanjirining bunday ulanishi aralash ulash deb ataladi. Aralash ulangan iste'molchilar ulangan tugunlar bo'yicha alohida hisoblanadi. Masalan, 73-rasmda b va c nuqtalar orasidagi umumiy Run qarshilikni topishda R2 va R3 rezistorlar o'zaro parallel ulanganligi uchun ifodadan foydalaniladi. So'ngra umumiy qarshilik ketma-ket ulangan ikkita (R1 va Rum reostat kabi bo'ladi. Zanjirning umumiy qarshiligi esa, Rum = R1 + R'um ifoda orqali topiladi. Aralash ulangan murakkab istc'molchilarning umumiy qar-shiligini topishda ekvivalent sxemalardan foydalanish qulay. Ekvivalent sxema deyilganda aynan shu sxema bilan almashtirish mumkin bo'lgan sxema tushuniladi. Misol: 74-rasmda keltirilgan sxemaning umumiy qarshiligini toping. Bunda berilgan o'tkazgichlarning qarshiliklari (sonlar) bir xil asosiy birlik (Q) da berilgan deb hisoblang. Masalani yechishni birinchi sxemadan boshlaymiz. Unda bevosita tugunlar bilan bog'langan rezistorlarni ajratib olamiz. Ular punktir chiziq bilan ko'rsatilgan (75-a rasm): To'rtinchi ekvivalent sxemada (75-e rasm): Ko'rib o'tganimizdek, har qanday murakkab sxemani ketma-ket va parallel ulangan qismlarga ajratib, ekvivalent sxemalar yordamida sodda ko'rinishni oladi. Berilgan rasm asosida zanjirning elektr sxemasini chizing (76-rasm). Umumiy qarshilikni topish algoritmini yozing. To'rtta rezistor yordamida necha xildagi elektr sxema ko'rinishini hosil qilish mumkin? Javobingizni chizmalar yordamida asoslang. MASALALAR yechish ...

Joylangan
13 Oct 2022 | 18:55:10
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
821.36 KB
Ko'rishlar soni
209 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
13 Oct 2022 [ 18:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
821.36 KB
Ko'rishlar soni
209 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan