8-sinf Fizika fanidan Iste'molchilarni parallel ulash dars taqdimoti

8-sinf Fizika fanidan Iste'molchilarni parallel ulash dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Fizika fanidan Iste'molchilarni parallel ulash dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Iste'molchilarni parallel ulash 8-sinf fizika darsligi asosida 22-mavzu: Xonadonda barcha elektr asboblan lampochkalar, televizor, muzlatgich va boshqalar bir vaqtda elektr tarmog'iga ulangan bo'ladi. Agar ular bir-biriga ket­ma-ket ulanganda edi, kuchlanish ular orasida taqsimlangan bo'lardi. Bu holda lampochkalar juda xira yonsada, televizor va muzlatgichlar kuchlanish pasayib ketganligidan ishlamaydi. Undan tashqari, ketma-ket ulangan iste'molchilardan biri o'chirilsa, boshqalari ham o'chadi. Shuning uchun xonadonlarda barcha iste'molchilar bir-biriga parallel ulanadi. Ikkita lampochka o'zaro parallel ulangan 67-rasmdagi elektr zanjirni yig'aylik. Bunda ikkala lampochka bir xil tarzda 1 va 2 ampermetrlarga ketma-ket ulanadi. Ularga parallel ulangan voltmetr 4 V kuchlanishni ko'rsatsin. Bu voltmetrning ko'rsatishi har bir lampochkadagi kuchlanishni ham, zanjirdagi to'liq kuchlanishni ham ifodalaydi. Demak, parallel ulangan ikkala lampochkada kuchlanish bir xil bo'lib, u zanjirdagi to'liq kuchlanishga teng bo'ladi, ya'ni: Agar zanjirga n ta lampochka bir-biriga parallel ulangan bo'lsa, u holda ulardagi kuchlanishlar teng bo'ladi: U1=U2=U3= = Un. (2) Iste'molchilar parallel ulanganda, har bir o'tkazgich uchlari orasidagi kuchlanish bir xil bo'ladi. Parallel ulangan zanjirdagi tok kuchi Kalit ulanganda birinchi ampermetr I1=0,6 A ni, ikkinchi ampermetr esa, I2=0,4 A ni ko'rsatsin. U holda zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi amper­metr 7=1 A ni ko'rsatadi. Demak, parallel ulangan birinchi va ikkinchi 1am-pochkalardan o'tayotgan I1 va I2 tok kuchlarimng yig'indisi I to'liq tok kuchiga, ya'ni zanjirning tarmoqlanmagan qismidan o'tayotgan tok kuchiga teng bo'ladi: Agar zanjirga n ta lampochka bir-biriga parallel ulansa, u holda zanjirdagi to'liq tok kuchi quyidagicha bo'ladi: Iste'molchilar parallel ulanganda, zanjirdagi to'liq tok kuchi har bir iste'molchidagi tok kuchining yig'indisiga teng bo'ladi. Parallel ulangan zanjirdagi qarshilik Agar zanjirga n ta ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 798.27 KB
Ko'rishlar soni 367 marta
Ko'chirishlar soni 61 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:19 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 798.27 KB
Ko'rishlar soni 367 marta
Ko'chirishlar soni 61 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga