Elektr zaryad. Elektr maydon Jismlarning zaryadlanishi 8-sinf fizika darsligi asosida 1-mavzu: Elektr hodisasi haqida dastlabki ma'lumotlar Plastmassadan yasalgan taroq yoki ruchkani sochingizga ishqalab, may-dalangan qog'ozga yaqinlashtiring. Ulaming qog'oz qiyqimlarini o'ziga tortganini ko'rasiz. Shisha tayoqchani qog'oz varag'iga ishqalab qo'limizga yaqinlashtirsak, chirsillagan tovush eshitiLadi, qorotig'ida esa mayda uchqimlar ko'rinadi. Bunday hodisalami insonlar qadim zamonlardayoq payqaganlar va ularga o'z munosabatlarini bildirishgan. Qadimgi yunon olimi Fales Miletskiy (mil. aw. 625-547) mo'ynaga ishqalangan ba'zi jismlar yengil narsalarni o'ziga tortishini yozib qoldirgan. Buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ham elektr hodisalari haqida risolalar yozib qoldirgan. Juda qadim zamonlarda Yunonistonda o'sgan ignabargli daraitlar qoldig'ining toshga aylangan yelimi (smola) ni yunonlar «elektron» deb atashgan. Elektr so'zi ham shundan kelib chiqqan. Yunonlar «elektron» deb atashgan yelimni ruslar «yantar», sharq xalqlari esa «kahrabo» deb atashgan. Kahrabo so'zi forscha so'z bo'lib, somon tortuvchi ma'nosini anglatadi. Haqiqatan ham, mo'ynaga ishqalangan kahrabo somon bo'laklarini o'ziga tortadi. Ishqalan-gandan keyin boshqa jismlarni o'ziga tortadigan jism elektrlangan yoki elektr zaryadlangan jism deb ataladi. Elektrlangan jismlarga qattiq jismlar singari, boshqa holatdagi moddalar ham tortiladi. Masalan, elektrlangan tayoqcha mayda qog'oz bo'laklarini (1-a rasm), jildirab tushayotgan suvni ham o'ziga tortadi (1-b rasm). Shisha tayoqcha shoyiga ishqalanganda fkqat tayoqcha emas, shoyining o'zi ham yengil buyumlarni o'ziga tortish xossasiga ega bo'lib qoladi 1-d rasm). Demak, ikki jism bir-biriga ishqalanganda ularning har ikkalasi ham elektrlanadi. ABU RAYHON BERUNIY (973-1048) Geodeziya asoschisi sifatida dunyoga tanilgan buyuk astronom, matematik, geograf, farmakolog va tarixchi-qomuschi olim. U qadimiy Xorazmning Kot shahrida tug'ilgan. Beruniy modda tuzilishi, jismlarning zaryadlanishi, mod-dalarning joylashuviga Yer massa markazining ta'srri xususida Aristotel g'oyalarini ...

Joylangan
13 Oct 2022 | 18:55:10
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.73 MB
Ko'rishlar soni
305 marta
Ko'chirishlar soni
47 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
13 Oct 2022 [ 18:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.73 MB
Ko'rishlar soni
305 marta
Ko'chirishlar soni
47 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: pptx