Joul-Lens qonunining amaliy tatbiqlari 8-sinf fizika darsligi asosida 36-mavzu: XIX asrning birinchi yarmida angliyalik olim JJoul va rus olimi E.Lens tomonidan o'tkazgichdan tok o'tganda undan ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini ifodalovchi qonun yaratildi. 89-rasmda ushbu qonunni amalda tekshirish qurilmasining ko'rinishi berilgan. Dastlab ma'lum R qarshilikli o'tkazgichdan I tok o'tkazilganda undan Q issiqlik ajralib chiqqan. Spiraldan o'tayot-gan tokning o'tish vaqtini oshirsak, undan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori ham ortadi. Xuddi shuningdek, o'tkazgich (spiral) qarshiligi yoki undan o'tayotgan tok kuchini orttirib, o'tkazgichdan ajralib chiqqan issiqlik miqdori quyidagi munosabatda bo'lishi tajribada isbotlangan: Bu qonun elektr energiyasining issiqlik ener-giyasiga aylanishini ko'rsatishi bilan ham katta amaliy ahamiyatga ega. Quyida shu qonuniyat asosida ishlaydigan qurilmalar bilan tanishamiz. Barcha elektr isitish asboblariaing ishlash prinsipi elektr toki o'tganda o'tkazgichlarning qizishiga asoslangan. Ularning hammasida shakli turlicha bo'lgan qizdirish elementi o'rnatiladi (90-rasm). Qizdirish elementi solishtirma elektr qarshiligi katta bo'lgan va 100-1200 °C temperaturaga bardosh bera oladigan o'tkazgichdan yasaladi. Tokning issiqlik ta'siridan turmushda elektrisitgich (plita), dazmol, elektr choynak kabi elektr isitish asboblarida, shuningdek, elektr payvandlagichlarda ham keng foydalaniladi. Dazmol shunday ishlash prinsipiga asoslangan qurilmalardan biri hisoblanadi. Qizdirish elementi qiziganda metall plastina ham qiziydi. Metall plastina og'ir, ostki qismi silliq qihb yasaladi. Bugungi kunda ishlatilayotgan dazmollar o'ylab topilgunga qadar qizdirgich sifatida olov (yongan ko'mir) dan foydalanishgan (91-a rasm). Bimday dazmollarning metall plastinalari cho'g' yordamida qizdirilgan. Hozirgi paytdagi dazmollar elektr energiyasi yordamida qizdiriladi (91-b rasm). Bunday dazmollar metall qoplama-truba ichiga joylashtirilgan qizdirish elementi (ten) yordamida qizdiriladi. Kundalik turmushda juda ko'p qo'llaniladigan elektr isitish asboblaridan ba'zilari 92-rasmda tasvirlangan. Keyingi paytlarda sovitgich va isitgich sifatida zamonaviy konditsionerlar ...

Joylangan
13 Oct 2022 | 18:55:10
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
3.1 MB
Ko'rishlar soni
285 marta
Ko'chirishlar soni
38 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
13 Oct 2022 [ 18:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
3.1 MB
Ko'rishlar soni
285 marta
Ko'chirishlar soni
38 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: pptx, docx