8-sinf fizika darsligi asosida 27-mavzu: Elektr sig'imi. Kondensatorlar Kondensator va uning elektr sig'imi Elektrotexnikada ko'p miqdordagi elektr zaryadlarini to'plash va saqlash imihim ahamiyatga ega. Elektr zaryadlarini to'plash va saqlashda kondensator deb ataluvchi asbobdan foydalaniladi. Bir-biridan yupqa dielektrik bilan ajratilgan ikki o'tkazgichdan iborat qurilma (asbob) kondensator deb ataladi. Kondensator radio, televizor, magnitofon, kompyuter kabi elektrotexnik jihozlarning muhim elementi hisoblanadi. Eng sodda kondensator - bu yassi kondensator. Yassi kondensator o'zaro parallel bo'lgan ikkita yassi o'tkazgich -plastinkalardan iborat (78-rasm). Bu plastinkalar kondensator qoplamalari deyiladi. Kondensatorning elektro-statik maydoni, asosan, ularning qoplamalari orasida bo'ladi va ularni bir jinsli (kuch chiziqlari bir xil) deb hisoblash mumkin. Kondensator zaryadlanganda uning har ikki qoplamasida teng miqdorda turli ishorali zaryadlar to'planadi. Kondensatorning zaryad to'play olish xususiyatini tavsiflaydigan fizik kattalikka uning elektr sig'imi deyiladi. Kondensatorning sig'imi qoplamadagi zaryad miqdorining plastinkalar orasidagi kuchlanish nisbatiga teng; Bunda: q - kondensator qoplamasiga berilgan zaryad miqdori; U - plastinkalar orasidagi kuchlanish. xalqaro birliklar sistemasida elektr sig'imining birligi qilib M. Faradey sharafiga farad (F) qabul qilingan. 1 farad juda katta birlik bo'lgani uchun amalda, asosan uning ulushlari mikrofarad (uF) nanofarad (nF) va pikofarad (pF) qo'llaniladi. Bunda: Kondensator sig'imi uning geometrik o'lchami va plastinkalari orasidagi masofaga ham bog'liq bo'ladi. Qoplamalarining yuzasi S bo'lgan ikki doiradan iborat yassi kondensatorning umumiy ko'rinishi 79-rasmda keltirilgan. Uning qoplamalari bir-biridan d qalinlikdagi dielektrik bilan ajratilgan. Yassi kondensator qoplama-sining yuzasi S qancha katta bo'lsa, unda shuncha ko'p zaryad to'plash mumkin bo'ladi. Shuningdek, qoplamalari orasidagi masofa d qancha katta bo'lsa, konden-satorda shuncha kam zaryad to'play oladi. Yassi kondensatorning sig'imi qoplamalari yuzasiga to'g'ri proporsional, ...

Joylangan
13 Oct 2022 | 18:55:10
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.21 MB
Ko'rishlar soni
292 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
13 Oct 2022 [ 18:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.21 MB
Ko'rishlar soni
292 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan