8-sinf fizika darsligi asosida 28-29-mavzu: Kondensatorlarni parallel va ketma-ket ulash Elektr zanjirlarda kondensatorlar sig'imini oshirish yoki kamaytirish zarurati bo'ladi. Bunday hollarda kondensatorlar parallel yoki ketma-ket ulanadi. Tajribada aniqlanishicha, kondensatorlarni o'zaro parallel ulash orqali ulaming elektr sig'imini orttirish mumkin. C = C1 + C2 + C3 + + Cn. (1) Kondensatorlar parallel ulanganda umumiy elektr sig'imi alohida kondensatorlar sig'imlarining yig'indisiga teng. Kondensatorlarni parallel ulashning umumiy ko'rinishi 83-rasmda keltirilgan. Kondensatorlarni parallel ulash uchun ularning musbat ishorali qoplamalari musbat ishorali qoplamalar bilan, maniiy ishorali qoplamalari manfiy ishorali qoplamalar bilan ulanadi (83-rasm). Kondensatorlar parallel ulanganda umumiy uchlaridagi kuchlanish bir xil bo'ladi: U=U1 = U2=U3 = = Un (2) To'liq zaryad esa, har bir kondensatorlar zaryadlarining yig'indisiga teng bo'ladi, ya'ni q=q1+ q2+ q3 + + qn (3) Demak, kondensatorlarni o'zaro parallel ulash orqali ko'proq elektr zaryadini yig'ish mumkin ekan. Kondensatorlarni ketma-ket ulash Kondensatorlar ketma-ket ulanganda umumiy elektr sig'imining teskari miqdori har bir kondensator sig'imining teskari miqdorlari yig'indisiga teng. Demak, kondensatorlarni o'zaro ketma-ket ulanganda umumiy elektr sig'imi kamayar ekan. Kondensatorlar ketma-ket ulanganda umumiy kuchlanish har bir kondensator uchlaridagi kuchlanishlaming algebraik yig'indisiga teng bo'ladi, ya'ni: U=U1 + U2 + U3 + + Un (5) Kondensatorlarni ketma-ket ulashning umumiy ko'rinishi 84-rasmda keltirilgan. Masala yechish namunasi Sig'imi 2 uF va 6 uF bo'lgan kondensatorlar 9 V kuchlanishli tok manbaiga o'zaro parallel ulangan. Zanjirning umumiy elektr sig'imi qanday bo'ladi? Kondensatorlarning har biri qanday zaryad oladi? 29-§ MASALALAR yechish 1-masala. Kondensator plastinkalari tomonlari 30 cm bo'lgan kva-dratdan iborat. Plastinkalar orasiga (s=2) suyuqlik shimdirilgan qog'oz bilan to'ldirilganda, uning sig'imi 177 ...

Joylangan
13 Oct 2022 | 18:55:10
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.37 MB
Ko'rishlar soni
262 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
13 Oct 2022 [ 18:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.37 MB
Ko'rishlar soni
262 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: pptx