8-sinf fizika darsligi asosida 49-mavzu: Magnit maydon. Doimiy magnit va uning qutblari Magnit maydon Mazkur bobda Siz doimiy magnitning va tokli o'tkazgich atrofidagi magnit maydonning hosil bo'lishi hamda magnit maydonm tavsiflovchi kattalildar bilan tanishasiz. Shuningdek, magnit maydonning tokli o'tkazgichga va harakatlanayotgan zaryadli zarralarga ta'siri, tokli g'altakning magnit maydoni, elektromagnitlar va ularning amaliyotda qo'llanilishi to'g'risida bilib olasiz. Magnit maydon. Doimiy magnit va uning qutblari Siz 1-bobda jismlarni bir-biriga ishqalaganda zaryadlanishi va ularning atrofida elektr maydon hosil bo'lishi bilan tanishgansiz. Lekin shunday jismlar borki, ular bir-biriga ishqalanmasa-da, o'z atrofida gravitatsion maydondan farqli bo'lgan boshqa bir maydonni hosil qiladi. Xo'sh, bu qanday maydon? Doimiy magnit va uning qutblari Tabiatda shunday tabiiy metall birikmalar mavjudki, ular ba'zi bir jismlarni o'ziga tortish xususiyatiga ega. Jismlarning bunday xossasi ular atrofida maydon mavjudligini bildiradi. Bunday maydonni magnit maydon deb atash qabul qilingan, «Magnit» atamasining kelib chiqish tarixi Kichik Osiyodagi qadimiy Magnesiya shahri nomi bilan bog'liq. U yerda topilgan bir-biriga tortiluvchi tog' jinslari (tosh)ni «magnesiya toshi» deb atashgan. Buyuk yurtdoshimiz Abu Rayhon Beruniy (973-1047) o'z asarlarida magnitni «ohanrabo» - «temirni tortuvchi» deb atagan, Beruniy qum aralash oltim zarralari orasidan tcmir zarralarini ajratib olishda magnitdan foydalanilishi haqida yozib qoldirgan. U magnitning bir xil nomli qutblari o'zaro itarilishi, turli qutblari esa tortilishi, magnitga ishqalangan po'lat ham magnitlanib qolishini tajriba orqali asoslab bergan. O'zining magnitlangan holatini uzoq vaqt yo'qotmaydigan jism doimiy magnit deb ataladi. 130-rasmda yassi va taqasimon shakldagi mag-nitlar tasvirlangan. Magnitni mayda temir jismlarga yaqinlashtiraylik. Bunda ular magnitning har ikki uchiga yopishganligini ko'ramiz (131-a,b rasm). Magnitning ta'siri eng kuchli bo'lgan ...

Joylangan
13 Oct 2022 | 18:55:10
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1023.92 KB
Ko'rishlar soni
300 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
13 Oct 2022 [ 18:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1023.92 KB
Ko'rishlar soni
300 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan