8-sinf Fizika fanidan Magnit maydonda tokli ramkaning aylanma harakati dars taqdimoti

8-sinf Fizika fanidan Magnit maydonda tokli ramkaning aylanma harakati dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Fizika fanidan Magnit maydonda tokli ramkaning aylanma harakati dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

8-sinf fizika darsligi asosida 55-mavzu: Bir jinsli magnit maydonda tokli ramkaning aylanma harakati Agar magnit maydonga tokli ramka kiritilsa, unlng biror burchakka burilishini ko'rishimiz mumkin. Xo'sh, ramka nima uchun aylanadi? Taqasimon magnit orasiga to'g'ri o'tkazgich o'rniga egiluvchan simdan yasalgan ramka kiritamiz (152-a rasm). O'tkazgich uchlarini tok manbaiga ulan-gan metall «kosacha» ga aylana oladigan qilib kiydirib qo'yamiz. Yasalgan ram-kani 152-b rasmda ko'rsatilgandek, magnit asosi tekisligida joylashtiramiz. Tok manbai ulanganda ramka («b» holat) aylana boshlaydi va dastlabki holatidan 90° burchakka buriladi («d» holat). Agar ramkaning «d» holatiga kehsh momentida tok uzilsa, ramka harakatini davom ettiradi va yana «o» holatni egallaydi. Endi yana tok manbaini ulasak, ramka oldingi kabi aylana boshlaydi. «b» holatdan o'tib «d» holatga kelganida yana ramkani tokdan uzsak, u «a» holatini egallaydi. Demak, ramkaga kela-yotgan tokni «a» ga kelgan momentda qo'shib, «b» ga kelganida uzadigan qilib boshqarsak, ramkani to'xtovsiz aylantirish mumkin ekan. Bu elektr dvigatelining modeli hisoblanadi. Rasmdagi «b» holatda ramkaning chap tomonidagi tok pastga oqadi (bu qismi magnit «chuquri» tomonga siljiydi), o'ng qismidagi tok esa, yuqoriga oqadi (bu qismi tashqariga siljiydi). Agar magnitaing qutbi o'zgartirilsa, tokning qismlardagi yo'nalishi o'zgaradi va ramka teskari yo'nalishda buriladi. Ramkadan qarama-qarshi tok o'tganligi sababli, chap qo'l qoidasiga ko'ra, magnit maydonda joylashgan tokli ramkaga juft kuchlar ta'sir qiladi. Tokli o'tkazgichga magnit maydon tomonidan ta'sir qiluvchi kuch yo'nalishi 153-rasmda keltirilgan. Elektr o'lchov asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi 154-rasmda tasvirlangan zanjirni va qurilmani yig'ib, tokli ramkani magnit maydonga joylashtiraylik. Elektr zanjir ulansa, rarrika buriladi va magnit kuch chiziqlariga perpendikular turib qoladi. Agar tokning yo'nalishi o'zgartirilsa, ramka 180° ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.91 MB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:19 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.91 MB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga