8-sinf fizika darsligi asosida 56-mavzu: Magnit maydonda zaryadli zarraning harakati Lorens kuchi Magnit maydonda harakatlanayotgan zaryadli zarraga shu maydon tomo-nidan ta'sir etuvchi kuch golland fizigi Xendrika Antona Lorens (1853 1928) sharafiga uning nomi bilan ataladi. Harakatlanayotgan zaryadli zarraga magnit maydoni tomonidan ta'sir etadigan kuch Lorens kuchi deb ataladi. Magnit maydon kuch chiziqlariga tik ravishda harakatlanayotgan har bir zaryadli zarraga magnit maydon tomonidan ta'sir etadigan Lorens kuchi quyidagi ifoda asosida aniqlanadi: Bir jinsli magnit maydonida harakatlanayotgan zaryadli zarraga ta'sir etuvchi kuch zarraning zaryadiga, uning harakat tezligi v ga, magnit maydon induksiya vektori B ga ko'paytmasiga teng bo'ladi. Lorens kuchining yo'nalishi ham Amper kuchi kabi chap qo'l qoidasi yordamida aniqlanadi (158-rasm). Agar chap qo'Ining kaftiga magnit induksiya vektorini tik tushadigan va ko'rsatkich barmoqlar yo'nalishi musbat zaryadning yo'nalishi bilan bir xil bo'lsa, u holda 90° ga kerilgan bosh barmoq Lorens kuchining yo'nalishini ko'rsatadi. Magnit maydonga uchib kirayotgan protonga ta'sir qilayotgan Lorens kuchi, chap qo'l qoidasiga ko'ra, o'ng tomonga yo'nalgan bo'ladi (159-rasm). Chizmada magnit induksiya chiziqlari tepaga (N dan S ga) yo'nalgan. Maydondagi elektronning harakatini aniqlashda, to'rtta barmog'imizni tok yo'nalishiga qarama-qarshi holatda joylaymiz. Bundan elektronga ta'sir qiluvchi Lorens kuchi chap tomonga yo'nalgan bo'ladi. Agar zaryadli zarra magnit induksiya chiziqlari bo'ylab harakatlansa, unga magnit maydon tomonidan kuch ta'sir qilmaydi. Masala yechish namunasi Magnit maydon induksiya chiziqlariga tik yo'nalishda 2 107 ms tezlik bilan harakatlanayotgan elektron maydonga uchib kirdi. Agar magnit maydon induksiyasi 0,8 T bo'lsa, elektronga magnit maydon tomonidan qanday kuch ta'sir qiladi? Lorens kuchining yo'nalishini chap qo'l qoidasi asosida tushuntiring. Zaryadlangan zarrani aylana ...

Joylangan
13 Oct 2022 | 18:55:10
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
853.19 KB
Ko'rishlar soni
319 marta
Ko'chirishlar soni
49 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
13 Oct 2022 [ 18:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
853.19 KB
Ko'rishlar soni
319 marta
Ko'chirishlar soni
49 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan