8-sinf fizika darsligi asosida 50-mavzu: Magnit maydonni xarakterlovchi parametrlar Magnit maydon induksiyasi Ikkita magnit strelkasi yaqinlashtirilsa, ularning ikkalasi ham burilib, qarama-qarshi qutblari bir-biriga ro'para kelib to'xtaydi (137-rasm). Bu hol magnitlangan jismlar orasida o'zaro ta'sir kuchlari mavjudligini anglatadi. Ta'sir kuchlari esa maydon kuch chiziqlari orqali tavsiflanadi. Magnit maydoni kuch chiziqlarini to'g'ridan to'g'ri ko'ra olmaymiz. Ammo quyidagi tajriba yordamida biz magnit kuch chiziqlarining joylashuvi haqida tasavvurga ega bo'lamiz. Buning uchun karton qog'ozga temir qipiqlarini bir tekis sepib, uni yassi magnit o'zagining ustiga qo'yamiz, Qog'ozga yengil zarb berilsa, temir qipiqlari 138-rasmda keltirilgan ko'rinishni egallaydi. Karton ustidagi temir qipiqlari magnit uchlariga yaqin joylarda zich, qutblar orasida qipiqlarning siyrakroq joylashuvini ko'rish mumkin. 138-rasmda.gi temir qipiqlarining egallagan o'mi, magnit qutblarini bir-biriga bog'lovchi kuch chiziqlarini o'zida aks ettiradi. Magnit maydon kuch chiziqlarining yo'nalishi shartli ravishda magnitning shimoliy (N) qutbidan chiqih, uning janubiy (S) qutbiga kiruvchi yopiq chiziqlardan iborat deb qabul qilingan (139-rasm). Elektr maydon kuch chiziqlaridan farqli ravishda magnit may don kuch chiziqlari berk konturni hosil qiladi. Agar magnit kuch chiziqlari bo'ylab qo'zg'almas o'qqa mahkamlangan magnit strelkachalar qo'yilsa, ular 140-a rasmda ko'rsatilgandek joylashadi. Bundan, magnit maydon kuch chiziqlari boshlanishi va oxiri bo'lmagan berk konturni hosil qiladi, degan xulosa chiqarish mumkin. Magnit maydon shu xususiyati bilan ham elektr maydondan farq qiladi. Magnit maydonning kuch chiziqlari magnitdan uzoqlashishi bilan siyraklasha boradi (ta'siri kuch-sizlanadi). Bu kattalikni xarakterlovchi fizik kattalikka magnit maydon induksiyasi deb ataladi va B harfi bilan belgilanadi. Magnit induksiya vektorining yo'nalishi magnit kuch chizig'ining ixtiyoriy nuqtasiga o'tkazilgan urinma yo'nalishi bilan mos tushadi. Magnit maydon induksiyasining o'lchov birligi qilib ...

Joylangan
13 Oct 2022 | 18:55:10
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
634.4 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
13 Oct 2022 [ 18:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
634.4 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan