8-sinf Fizika fanidan Metallarda elektr toki dars taqdimoti

8-sinf Fizika fanidan Metallarda elektr toki dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Fizika fanidan Metallarda elektr toki dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

8-sinf fizika darsligi asosida 40-mavzu: Metallarda elektr toki TURLI MUHITLARDA ELEKTR TOKI Elektr tokini o'tkazish xususiyatiga ko'ra, moddalar bir necha turlarga bo'linadi: o'tkazgichlar, yarimo'tkazgichlar va dielektriklar. Moddalar turli agregat holatlarida, ya'ni qattiq, suyuq yoki gaz holatlarida elektr tokini o'tkazishi yoki o'tkazmasligi mumkin. Mazkur bobda biz metallarning, elektrolitlarning va gazlarning elektr tokini o'tkazish tabiatini o'rganishga batafsil to'xtalamiz. Erkin elektronlarning tartibsiz harakati Qattiq jismlarning, jumladan, metallarning atomlari tartibli davriy strukturali kristaU panjarani tashkil etadi. Kristall panjarada atomlar joylashgan nuqtalar tugunlar deyiladi. Metall atomida eng chetki orbitadagi elektronlar yadro bilan kuchsiz bog'langan bo'ladi. MetaUardagi bunday elektronlar o'z atomini tark etib, erkin harakatlanuvchi elektronlarga aylanadi, atomlar esa musbat ionga aylanib qoladi. Ion - elektroni ortiqcha yoki elektron yetishmaydigan atom. Metall atomlarining joylashish strukturasi kristall panjara tuzilishida bo'lib, panjara tugunlarida musbat zaryadli ionlar joylashadi. Masalan, alohida mis (Cu) atomi yadrosida 29 ta musbat zaryadli proton bo'lib, yadro atrofida 29 ta manfiy zaryadli elektron turli orbitalarda harakatlanadi. Bunday atomlardan mis kristali hosil bo'lishida atomlarning eng chetki orbitadagi elektroni, yadro bilan juda kuchsiz bog'langanligi sababli u atomni tark etib metall kristali bo'ylab deyarli erkin ko'chib yuradi. Hosil bo'lgan erkin harakatlanuvchi elektronlar gaz molckulalari kabi issiqlik harakatida, ya'ni tartibsiz harakatda bo'ladi (102-rasm). Elektr maydonda erkin elektronlar harakati O'tkazgich uchlarini elektr manbaining musbat va manfiy qutblariga ulasak, o'tkazgich uchlari orasida elektr maydon hosil bo'ladi. Bu maydon ta'sirida erkin elektronlar manbaning musbat qutbi tomon harakat qiladi (103-rasm). Metallning musbat ionga aylangan atomlari esa o'z joyida qo'zg'almasdan turaveradi. Natijada elektronlarning tartibli harakati tufayli o'tkazgichda elektr toki hosil bo'ladi. Metallarda elektr toki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 745.98 KB
Ko'rishlar soni 385 marta
Ko'chirishlar soni 98 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:19 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 745.98 KB
Ko'rishlar soni 385 marta
Ko'chirishlar soni 98 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga