8-sinf Fizika fanidan Om qonunini o'rganish dars taqdimoti

8-sinf Fizika fanidan Om qonunini o'rganish dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Fizika fanidan Om qonunini o'rganish dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

8-sinf fizika darsligi asosida 19-mavzu: Laboratoriya ishi. Om qonunini o'rganish Ishning maqsadi: o'tkazgich uchlaridagi kuchlanish va undan o'tayotgan tok kuchini o'lchash hamda Om qonuniga ko'ra o'tkazgich qarshiligini aniqlashni o'rganish. Kerakli jihozlar: tok manbai, milliampermetr, voltmetr, rezistor, kalit va ulovchi simlar. Ishni bajarish tartibi 1. Tok manbai, iste'molchi - rezistor, milliampermetr, voltmetr va kalitdan iborat elektr sxema asosida zanjirni yig'ing (63-rasm). Kalitni ochiq qoldiring. 2. Tok manbaining iste'molchilarga kuchlanish beruvchi murvati 4 V hola­tiga qo'yiladi. 3. Kalit ulanadi. Rezistordan o'tayotgan tok kuchi milliampermetr va uning uchlaridagi kuchlanish voltmetr yordamida o'lchanadi. Olingan natijalar jadvalga qayd qilinadi. 4. Kalit uziladi. Tok manbaining iste'molchilarga kuchlanish beruvchi murvatini 6 V holatiga qo'yib, tajriba takrorlanadi. Olingan natijalar jadvalga qayd qilinadi. So'ngra kalit uziladi. 5. Tok manbaining iste'molchilarga kuchlanish beruvchi murvatini 8; 10 V holatiga qo'yib tajriba takrorlanadi. Olingan natijalar jadvalga qayd qilinadi. 6. O'tkazgichning elektr qarshiligini Om qonuniga ko'ra hisoblang va uni jadvalga qayd eting ifoda orqali qarshilikning o'rtacha qiymatini toping. 8. Natijani jadvalga yozing va xulosa chiqaring. Elektr lampaga «3,5 V; 0,26 A» deb yozib qo'yilgan. Undan qanday fizik kattaliklarni bilish mumkin? Akkumulatorlar qay tarzda ketma-ket qilib ulanadi? Om qonuni formulasi qanday ifodalanadi? Iste'molchining qarshiligi uning uchlaridagi kuchlanishga to'g'ri proporsional, undati o'tayotgan tok kuchiga teskari proporsional deyish mumkinmi? ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 6.24 MB
Ko'rishlar soni 302 marta
Ko'chirishlar soni 45 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:19 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 6.24 MB
Ko'rishlar soni 302 marta
Ko'chirishlar soni 45 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga