8-sinf fizika darsligi asosida 34-mavzu: Elektr toki ta'sirida o'tkazgichlarning qizishi O'tkazgichdan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori O'tkazgichlarda elektr tokini tartibli harakatlanayotgan elektronlar hosil qiladi. Elektronlar o'zining tartibli harakati davomida o'tkazgich atomlari bilan to'qnashadi. Bunday to'qnashishlar natijasida elektron energiyasining bir qismi o'tkazgich atomlariga uzatiladi. Natijada o'tkazgichning ichki energiyasi ortadi, ya'ni u qiziydi. Shu sababli o'tkazgichdan issiqlik miqdori ajralib chiqadi. O'tkazgich orqali elektr toki o'tganda tokning bajargan ishi faqat o'tkazgichning ichki energiyasining ortishiga (uning qizishiga) sarflansa, tokning bajargan ishi o'tkazgichdan ajralib chiqadigan issiqlik miqdoriga teng bo'ladi: Q=A yoki Q=IUt. (1) U = IR ekanligidan o'tkazgichdan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori quyidagiga tengligi kelib chiqadi: O'tkazgichdan elektr toki o'tganda undan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori tok kuchi kvadrati, o'tkazgich qarshiligi va shu tok o'tishi uchun ketgan vaqtning ko'paytmasiga teng. Bu xulosa bir-biridan bexabar holda o'tkazgan tajribalarga asoslanib, ingliz olimi Jeyms Preskott Joul (1818-1889) va rus olimi Emiliy Xristianovich Lens (1804-1865) tomonidan aytilgan. Shuning uchun bu Joul-Lens qonuni deb ataladi. O'tkazgichdan tok o'tganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori, odatda, joul (J), kilojoul (kJ) va megajoul (MJ) bixliklarida o'lchanadi. Cho'g'lanma elektr lampochka Xonadonlarda yoritgich sifatida, cho'g'lanma elektr lam-pochkalardan ham foydalaniladi. U tok o'tganda spiralining qizishi hisobiga yoritadi (87-rasm). Lampochkaning asosiy qismi ingichka volfram simdan yasalgan spiraldan iborat. Spiral simning volframdan qilinishiga sabab, u qiziganda cho'zilmaydi, 300 °C gacha temperaturaga bardosh beradi. Birinchi cho'g'lanma lampochka 1872-yilda rus elektrotexnigi Aleksandr Nikolayevich Lodigin (1847-1923) tomonidan kashf etilgan. Takomillashgan cho'g'lanma elektr lampochkani 1879-yilda amerikalik olim Tomas Alva Edison (1847 1931) ixtiro qilgan. Xonadonlarda, asosan, 220 V kuchlanishli cho'g'lanma lampalar qo'llaniladi. Bugungi kunda turmushda, ...

Joylangan
13 Oct 2022 | 18:55:10
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
523.84 KB
Ko'rishlar soni
257 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
13 Oct 2022 [ 18:55 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
523.84 KB
Ko'rishlar soni
257 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan