8-sinf Fizika fanidan O'zgarmas tok elektr dvigateli dars taqdimoti

8-sinf Fizika fanidan O'zgarmas tok elektr dvigateli dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Fizika fanidan O'zgarmas tok elektr dvigateli dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

8-sinf fizika darsligi asosida 59-mavzu: O'zgarmas tok elektr dvigateli Elektr dvigatelning tuzilishi O'zgarmas tok elektr dvigateli ikki asosiy qism - stator va rotordan iborat qnrilma bo'lib, o'zgarmas tok elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi. «Stator» lotinchadan olingan so'z bo'lib, «qo'zg'almas» degan ma'noni bildiradi. Stator doimiy magnitdan (169-a rasm) yoki elektromagnitdan (169-b rasm) iborat. Stator dvigatel korpusiga mahkamlangan bo'ladi. «Rotor» lotinchadan olingan so'z bo'lib, «aylantirmoq» degan ma'noni anglatadi. Rotor dvigatelning aylanuvchi qismlarini tashkil etadi. Rotorning asosiy qismi bir yoki bir nechta g'altakli ramkadan va kollektordan iborat, Ramka chulg'amidagi simlarning uchlari kollektor halqalariga ulangan. Kollektor ramka bilan birgalikda aylanadi. Kollektor halqalari tashqarisiga qo'zg'almas qilib ikkita ko'mir cho'tka mahkamlangan. Ular maxsus prujinalar yordamida kollektor halqalariga zich qilib siqib qo'yiladi. Zanjirdagi elektr toki shu cho'tkalar orqali kollektor halqalariga o'tadi. Elektr dvigatelning ishlash prinsipi Qulaylik uchun bitta ramkali rotordan iborat bo'lgan eng oddiy dvigatelning ishlash prinsipini ko'rib chiqaylik (170-rasm). Dvigatelning kollektori ikkita yarimhalqadan iborat bo'lib, ularga A va B cho'tkalar taqalib turadi. Ularga tok manbaining ikki qutbidan keluvchi simlar ulangan.Tok manbaidan kelayotgan tok cho'tka, kollektor hamda ramkadan A-1-2-3-4-B yo'nalishda o'tadi (170-a rasm). Magnit maydon ta'sirida ramka magnit kuch chiziqlariga perpendikular joylashishga harakat qiladi. BundaA va B cho'tkalar kollektor halqalariga tegmay qoladi va ramkadan tok o'tmaydi (170-b rasm). Lekin ramka o'z inersiyasi bilan aylanishni davom ettirib, magnit kuch chiziqlariga parallel joylashib oladi (170-d rasm). Bunda cho'tkalar kollektor halqalariga tegib qoladi va ramkadan A-4-3-2-1-B yo'nalishda tok o'tadi. Magnit maydon ta'sirida ramka yana perpendikular holatga kelib qolishga harakat qiladi. Shu tariqa jarayon davom etib, ramka uzluksiz aylanadi. Magnit ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.07 MB
Ko'rishlar soni 342 marta
Ko'chirishlar soni 45 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:19 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1.07 MB
Ko'rishlar soni 342 marta
Ko'chirishlar soni 45 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga